13:02 01 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
1007 0 0

Chexiyada Sovet Itifoqi marshali Ivan Konevning haykali olib tashlanganidan soʻng Rossiya tomon jinoiy ish qoʻzgʻatdi. Bu chex siyosatchilarini esankiratib qoʻydi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Chexiya Respublikasini, goʻyoki Praga siyosatchilarining zaharlanishi rejalashtirilayotganlikda ayblash bilan muqarrar provokatsiyalardan ogohlantiradi. Sergey Lavrov esa shov-shuvlarni "aqlga sigʻmaydigan" deb atadi.

Elchida ayb yoʻq

Ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan versiyaga koʻra, Rossiya Sharqiy Yevropa respublikasiga diplomatik niqob ostida oʻz qotilini yuborgan va u mamlakatga ritsin zaxarini olib kirib, Rossiyaga qarshi hamlalarda, shu qatori yaqinda marshal Konev haykali buzib tashlanishiga dahldor xorijiy arboblarni yoʻq qilishi kerak edi.

Ushbu voqea nafaqat Respekt nashri jurnalistlarining oʻzlariga yoʻl ochib bergan nojoʻya tasavvurining natijasi. Uch siyosatchiga - Praga meri Zdenek Grjib, Praga-6 tumani rahbari Ondrjey Kolarj va Rjeporыe tumanining rahbari Pavel Novotnыy (kecha bu tumanda vlasovchilarga yodgorlik oʻrnatilishi boshlandi) – haqiqatan davlat qoʻriqchilari biriktirildi, Chexiya razvedkasi Xavfsizlik va axborot xizmati (SBI)si esa joriy vaziyatni nihoyatda jiddiy deb hisoblashlarini tasdiqladi.

Shu bilan birga, Chexiya Bosh vaziri Andrey Babishning soʻzlariga koʻra, yuzaga kelgan janjal Rossiya elchisini mamlakat hududidan chiqarib yuborishni taqozo qilmaydi. Chexiya jurnalistlari va maxsus xizmatlarining ixtirolarini inkor qilishning ishonarli usulini uylab topish qiyin, udar uchun sodir boʻlayotgan voqealar oʻzlarining dolzarb vazifalarini hal qilish uchun qulay imkoniyat va hukumat esa minimal yoʻqotishlar bilan vaziyatdan chiqib ketishga harakat qilmoqda deb boʻlmaydi.

Ommaviy axborot vositalari butun dunyo boʻylab erkin ishlaydigan Kremlning yollanma qotillari haqidagi rang-barang nashrlardan daromad olib, shov-shuvlarni pullashtirmoqda. Kontrrazvedka peshonasini terisi bilan milliy xavfsizlik tahdidlariga qarshi turib, oʻz nonini halol topayotganini isbotlamoqda. SBI dunyoni Rossiya, Xitoy va hatto KXDRning maxsus xizmatlariga qarshi kurashdagi yutuqlari haqida muntazam ravishda maʼlumot berib turadi.

Ammo bu safar Chexiyaning xatti-harakatlari odatdagidan ancha koʻproq asabiylashgani bilan ajralib turipti, buni Chexiya hamkasblariga vazmin boʻlishni tavsiya qilgan Rossiya TIVning munosabati ham tasdiqlaydi. Nima boʻlganda ham, ilgarilari rusofob-fitna safsataga bexosdan tushib qolish Polsha kabi boshqa mamlakatlar uchun hos boʻlgan va Chexiya Respublikasida bu kabi noadekvat harakatlar sezilmagan.

Ehtimol, javobni Konev haykali buzib tashlanishiga Moskvaning munosabati haqiqatan ham Chexiya rasmiylari uchun kutilmagan syurpriz boʻlganligidan izlash kerak. Agar ilgari hammasi faqatgina diplomatik kanallar orqali norozilikni bildirish bilan cheklangan boʻlsa, bu safar toʻsatdan jinoiy ish ochildi.

Va chexlar shunchaki esankirab qoldi

Mamlakat tashqi ishlar vaziri Tomash Petrshichekning dastlabki munosabati koʻr-koʻrona boʻldi: "Bu huddi notanish hovuzga sakrashga oʻhshaydi. Lahzali yoki impulsiv reaktsiya har doim ham toʻgʻri emas. Men baʼzi odamlar uchun diplomatiya tushunarsiz ekanligini tushunaman, albatta, lekin bu sholchani omma oldida silkitishga yetarlicha sabab emas. Garchi bu ishni boshqa tomon qilsa ham".

Birinchi sarosimalik oʻtib boʻlishi bilanoq yanada aniqroq sharhlar paydo boʻldi va mamlakat Tashqi ishlar vazirligi "Rossiya Federatsiyasi davlat organlarining Chexiya Respublikasi ichki ishlariga aralashishini qatʼiyan rad etdi". Shundan keyin qotillarning diplomatik pasportlari va ritsinli chamadonlar haqidagi ertaklari toʻqila boshladi.

Bunday munosabat kimgadir gʻalati tuyulishi mumkin: yaxshi, Rossiya Tergov qoʻmitasi Konev haykali buzilishiga oid jinoiy ish qoʻzgʻatdi – u aybdorlargacha yetolmasligi va Interpol gumonlanuvchilarni xech qachon hibsga olish talabini qondirmasligi aniq va ular shu tariqa avval yashab kelganday yashashni davom ettirishadi.

Jinoyatning javobgarligi bor

Ammo bunday nuktai nazar faqat qisman adolatlidir.
Birinchidan, agar zaharli qotil haqidagi xayol oʻta bemaʼnilik boʻlsa, unda Chexiya maxsus xizmatlari butun dunyo boʻylab natsistlarni taʼqib qilgan Isroil Mossad ruhida gumondorlarni oʻgʻirlash va ularni sud qilish uchun olib ketilishi imkoniyatiga yanada jiddiroq qarashi kerak. Praga siyosatchilariga davlat qoʻriqchilarining  biriktirilgani aynan shu bilan bogʻliq degan shubha bor.

Ikkinchidan, va asosiysi, qoʻzgʻatilgan jinoiy ish undagi ayblanuvchilar ustidan koʻp yillar davomida va hattoki abadiyatga, ular har doim eslaydigan va oʻz harakatlarida hisobga oladigan Damokl qilichini osib qoʻyadi. Xuddi shu Respekt yozganidek, Praga-6 tumani rahbari chet elga har qanday safarga chiqishi bilan hibsga olinishi mumkin.

Ha, hozirgi paytda oʻsha Ondrjey Kolarge, ehtimol Gʻarb davlatlariga safar qilishdan qoʻrqmasligi mumkin - ular Moskvaga "siyosiy" ishda gumon qilinuvchini bermaydilar. Biroq, dunyo juda tez oʻzgarib bormoqda: bir necha yil oldin aqlga sigʻmaydigan narsa endilikda odatiy holga aylandi. Gʻarb Rossiyaga iqtisodiy jinoyatchilarni allaqachon toʻhtatmay bermoqda va dunyoning siyosiy xaritasida bizning mamlakatimizga ochiqdan-ochiq xayrixoh boʻlgan davlatlar tobora koʻpayib bormoqda.

Umuman olganda, oʻnlab yillar davomida muvaffaqiyatli karyera va fuqarolik jasoratni namoyish etish imkoniyatlarini har qancha masʼuliyat yoʻqligi bilan birlashtirgan rusofobiya juda xavfli sohaga aylanib bormoqda, va bu yerda soʻzlaring va harakatlaring uchun javob berishga majbur boʻlasan.

Aynan Sharqiy Yevropada bunday istiqbollar natijasida havotirli munosabat bildirilayotgani ajablanarli emas. Kafolatlangan va abadiy geosiyosiy "soyabon" sifatida qaralgan AQSH gegemoniyasining yaqqol susayishi va transatlantik birlikning qulashi, shuningdek, Rossiyaning aniq kuchayishi, uning taʼsiri va imkoniyatlari mintaqada odamlarni tashvishga solmoqda va uncha oʻrinli boʻlmagan ishlarni qilmaslikka undamoqda. Bu rus nomaqbul rus super-qotilllari tomonidan zaharlash kabi ertagi bor ingliz katta birodariga taqlid qilishga urinishga oʻhshash ishlarni.  Ammo bu yerda Londonning yoʻqqa chiqqan Skripallar bilan bogʻliq vaziyatida juda koʻp ahmoqliklar boʻlganini eslatishimiz joiz. Ularning izidan borgan chehlarda esa umuman sharmandalarcha vaziyat vujudga keldi.

Va ular uchun eng yoqimsiz narsa: navbatdagi josuslik-qotillik mojarosi juda tezda oʻtmishga aylanadi - Rossiya uchun bu odatiy hol, ammo jinoiy ish jildlari koʻp yillar davomida milliy ichki ishlar idoralari hodimlarining ish joylarida saqlanib qoladi.

Asosiy mavzular