00:24 31 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
“Sardoba” toʻgʻoni yorilishi (55)
1085 0 0

Sirdaryodagi toʻgʻondan suv chiqishi toʻxtadi va endi Oʻzbekistondan suv kelmayapti, demak evakuatsiyani davom ettirishga zarurat yoʻq, deb taʼkidlagan Turkiston viloyati akimi

TOSHKENT, 2 may - Sputnik. Turkiston viloyati akimi Umirzak Shukeyev Maktaorol tumanidagi bir nechta aholi yashash punktlarining suv bosishi holati nazorat ostida ekanligini maʼlum qildi va aholini vahimaga berilmaslikka chaqirdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qozogʻiston.

"Hozir eng muhimi - tinchlanish. Kecha oqshom aholi orasida vahima kayfiyati kuzatildi, ular mashinalarga oʻtirib, tartibsiz ravishda yashayotgan hududini tark etishgan. Bu holatni toʻxtatish kerak. Hammasi nazoratda. Bu murakkab holat, buni tushunamiz, lekin biz bu vaziyatga yechim topishga qodirmiz", - degan Umirzak Shukeyev.

Eslatib oʻtamiz, 1 may kuni erta tong "Sardoba" suv ombori dambasining 6 piket devorida suv chiqishi yuzaga kelgan va Sardoba tumani Qoʻrgʻontepa aholi yashash punktiga, Mirzaobod tumanidagi "Navbahor", "Haqiqat" va "Bahoriston" MFYlari aholi yashash punktlariga qisman suv kirgani haqida xabar berilgan edi.

"Bu tufayli Maktaorol tumanidagi qator qishloq okruglarida favqulodda holat yuzaga keldi - suv ekin maydonlari va bir nechta aholi punktlariga kirib bordi", - deb aytgan akim.

Uning soʻzlariga koʻra, tun davomida toʻrtta aholi yashash punktlari - Jenis, Jana Turmis, Sardoba va Nurli Joldan 5 400 kishi evakuatsiya qilingan.

"Suv bosgan hududlarga yaqin aholi punktlarini himoya qilish uchun barcha choralarni koʻryapmiz. Hozirda atrofni havoda aylanib, qoʻshnilarimizdan olgan maʼlumot haqiqatga mosligiga amin boʻlishimiz kerak. Agar bu xabar oʻz tasdigʻini topsa, va suv kelmayotgan boʻlsa, evakuatsiya ishlarini davom ettirishga zarurat yoʻq", - deya qayd etgan Shukeyev.

Eslatib oʻtamiz, biroz oldin Oʻzbekiston FVV toshqin oqibatlarini bartaraf etish maqsadida uchun suv oqimlari Oqoltin tumani hududidan oʻtuvchi Abay kanaliga tushirilib, Jizzax viloyatidagi Arnasoy koʻliga yoʻnaltirilganini xabar qilgan edi.

Suv omboridagi avariyadan soʻng voqea joyiga zudlik bilan prezident Shavkat Mirziyoyev va bosh vazir Abdulla Aripov yetib borgan edi.

Iz-za prorыva dambы v Sыrdarye, v Kazaxstane evakuirovali jiteley sel
Iz-za prorыva dambы v Sыrdarye, v Kazaxstane evakuirovali jiteley sel

Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Sirdaryo viloyatida boʻlib turibdi. Davlat rahbari 1 may kuni Oqoltin tumanida aholi bilan boʻlgan muloqotda "sharoit yaxshilanmagunicha, rahbarlarning birortasi, men bosh, hech qayerga ketmaydi", deb aytgan.

Taʼkidlashlaricha, avariyaga kuchli yomgʻir va shamol sabab boʻlgan.

Sodir boʻlgan favqulodda vaziyat yuzasidan FVVda koll-tsentr faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Qoʻngʻiroqlar 1205 va 1250 qisqa telefon raqamlari orqali qabul qilinmoqda.

Mavzu:
“Sardoba” toʻgʻoni yorilishi (55)

Asosiy mavzular