23:53 30 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
66110

“Shimoliy oqim-2” quvurini bitkazishga qodir “Akademik Cherskiy” quvur yotqizuvchi kemasi Kaliningradga yetib keldi.

TOSHKENT, 4 may - Sputnik. “Shimoliy oqim-2” quvurini bitkazishga qodir “Akademik Cherskiy” quvur yotqizuvchi kemasi Kaliningradga yetib keldi. Bu haqda RIA Novosti Marine Traffic va Myshiptracking kema kuzatuv portallaridan olingan maʼlumotlarga asoslangan holda xabar qildi.

Aniqlanishicha, “Akademik Cherskiy” kuni kecha Kaliningrad portida langar tashlagan va AIS (Automatic Identification System, Avtomatik aniqlash tizimi) orqali maʼlumot uzatishni toʻxtatgan.

Quvur yotqizuvchi Naxodkadan yoʻlga chiqdi, uning Kaliningradgacha boʻlgan safari 83 kun davom etdi. Shuni taʼkidlash kerakki, kema Afrika boʻylab yurib, sayohat davomida yetib borish manzilini bir necha bor oʻzgartirdi.

“Shimoliy oqim-2” loyihasi Rossiya sohilidan Boltiq dengizi orqali Germaniyaga ikkita quvur liniyasini yotqizishni nazarda tutadi. Loyihani aktsiyadori yagona “Gazprom” boʻlgan Nord Stream 2 AG amalga oshirmoqda.

Gaz quvuri oʻtgan yilning oxiriga qadar qurib bitkazilishi kerak edi, ammo dekabr oyida AQSH prezidenti Donald Tramp “Shimoliy oqim-2” va “Turk oqimi” loyihalariga qarshi sanktsiyalarni oʻz ichiga olgan 2020 yilgi mudofaa byudjetini imzolagan edi.

Asosiy mavzular