19:41 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
337 0 0

Venesuela prezidentining soʻzlariga koʻra, hozirda hibsga olinganlarning barchasi, shu jumladan AQShning ikki fuqarosi mamlakat shimolidagi La-Guayradagi harbiy-dengiz bazasiga joylashtirilgan.

TOSHKENT, 5 may - Sputnik. Venesuela prezidenti Nikolas Maduro qurolli dengiz hujumida hibsga olinganlar orasida ikki nafar AQSH fuqarolari borligini xabar qildi. U ularni AQSH prezidentining shaxsiy qoʻriqchi xodimlari deb atagan

“Hisbga olinganlardan biri birinchi koʻrsatmalarida bosqinchilar guruhida AQShning ikki fuqarosi, AQSH prezidenti Donald Trampning shaxsiy xavfsizlik xizmati xodimi borligini maʼlum qildi”, - dedi Maduro oʻzining Twitter sahifasi orqali efirga uzatilgan chiqishida.

Ushbu bayonotdan keyin mahbuslarni tashuvchi mashinadan namoyish etilgan videoda qoʻlga olinganlardan biri amerikaliklar unga “Trampning xavfsizlik boʻyicha maslahatchilariga ishlashini maʼlum qilganini” aytadi.

Maduroning soʻzlariga koʻra, hozirda hibsga olinganlarning barchasi, shu jumladan AQShning ikki fuqarosi mamlakat shimolidagi La-Guayradagi harbiy-dengiz bazasiga joylashtirilgan. Oʻsha yerdan dengizdan bostirib kirishga urinish amalga oshirilgan edi.

Ushlanganlarning hujjatlari va fotosuratlari, radioaloqa uskunalari, tungi koʻrish moslamalari, qurol va kamuflyaj televideniye orqali namoyish etildi.

Maduro, shuningdek, yaqinda sodir boʻlgan hujum va AQSH davlat kotibi Mayk Pompeoning Venesueladagi AQSH elchixonasini qayta tiklash haqidagi soʻzlari bilan bogʻliq boʻlishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.

“Bir necha kun oldin Mayk Pompeo <...> bayonot berib, shunday dedi: “Men AQShning Karakasdagi elchixonasini ochishga tayyorgarlikni tezlashtirish boʻyicha koʻrsatma berdim va yaqin orada biz u yerda boʻlamiz ham”. <...> U bu gapni aytganda, men nima nima haqida gap ketayotganini tushunganman, u bu hujumga umid qilgan va bu hujum bilan u inqilobimizni, bizning konstitutsiyaviy tuzumimizni va meni yoʻq qilishiga ishongan. <...> Ammo bizni Xudo himoya qiladi", - dedi Maduro.

Bostirib kirishga urinish

Yakshanba kuni Venesuela ichki ishlar vaziri Nestor Reverol Kolumbiya jangarilarining mamlakat shimolidagi La-Guayra shtatiga dengiz hujumining oldi olinganini aytdi. Maduroning taʼkidlashicha, bu bosqinning maqsadi uni yoʻq qilish boʻlgan. Ichki ishlar vazirligiga koʻra, jangarilar mamlakatga tezyurar kemalarda bostirib kirishga uringan. Milliy konstitutsiyaviy assambleya raisi Diosdado Kabelo sakkiz hujumchi oʻldirilganini va ikkitasi hibsga olinganini aytdi. Uning qayd etishicha, hibsga olinganlardan biri AQShning Giyohvand moddalariga qarshi kurash boshqarmasi agenti. Keyinchalik yana sakkiz nafar hibsga olinganlar haqida maʼlum boʻldi.

AQSH Davlat departamentida RIA Novostiga Venesuela rasmiylarining bayonotlari dezinformatsiya ekanligini aytishdi. Kolumbiya tashqi ishlar vazirligi, shuningdek, dengiz hujumiga aloqadorlik haqidagi ayblovlarni rad etdi. AQShning Giyohvand moddalariga qarshi kurash boshqarmasi (DEA) ushbu voqealarda hech qanday ishtirok etmagani haqida bayonot berdi va ularning xodimi hibsga olinganligi haqidagi bayonotlarni rad etdi.

AQSH 2019 yil yanvar oyidan beri Maduroni mamlakat prezidenti sifatida tan olmayapti va oʻzini noqonuniy davlat rahbari deb eʼlon qilgan Venesuela muxolifati rahbari Xuan Guaidoni vaqtincha davlat rahbari deb hisoblaydi. Mart oyi oxirida AQSH Adliya vazirligi Maduroni va mamlakat rahbariyatining yana 15 aʼzosini giyohvand moddalar savdosida va pul yuvishda ishtirok etganlikda aybladi. 1 aprel kuni AQSH harbiy kuchlari, shuningdek, Sohil qoʻriqlash hizmati va AQShning Giyohvand moddalariga qarshi kurash boshqarmasi Karib dengizida giyohvandlikka qarshi keng koʻlamli operatsiyani boshladilar, Vashingtonda uning maqsadlaridan biri “Maduro rejimi” tomonidan giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurash deb nomlangan.

Asosiy mavzular