06:31 29 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
364 0 0

Oydagi resurslarni qazib olish boʻyicha loyiha Artemis Accords deb nomlanadi. Qoʻshma Shtatlar bu loyihada ishtirok etish uchun Yevropa Ittifoqi davlatlari, Kanada, Yaponiya va BAAni taklif etmoqda.

TOSHKENT, 6 may – Sputnik. Qoʻshma Shtatlar prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati Oyda qazilma ishlarini olib borish toʻgʻrisida yangi halqaro bitim loyihasini tayyorlamoqda, shartnoma Artemis Accords, deb nom oladi. Bu haqda RIA Novosti Reyter agentligiga tayangan holda xabar bermoqda.

Donald Tramp Oyni xususiylashtirmoqda
Ruptly / NASA / RIA NOVOSTI / Ivan Timoshenko / Pavel Shvets / KTS "Yujnыy" / whitehouse.gov

Agentlik taqdim etayotgan maʼlumotlarga koʻra, Artemis Accords deb nom olgan bitim Oydagi boʻlgʻusi bazalar atrofida "xavfsizlik zonalarini" tashkil etishni nazarda tutadi. "Bu bevosita bazalar atrofida ish olib borayotgan raqobatchi davlatlar yoki kompaniyalarga zarar yetkazilishining oldini olish uchun" amalga oshirilmoqda.

Bitimga koʻra Oydagi tabiiy boyliklarni  qazib olish bilan shugʻullanadigan qazilma ishlari bilan shugʻullanuvchi-kompaniyalar ushbu resurslarning egalariga aylanadi.

Tramp Amerika kosmosda najot topishiga ishonadi >>>

Amerikalik mansabdor shaxslar bir necha hafta ichida ushbu bitimni Kanada, Yaponiya, YEI davlatlari, shuningdek, Birlashgan Arab Amirliklari singari davlatlar bilan rasman muhokama qilishni rejalashtirmoqda. Rossiya dastlabki bosqichda ushbu davlatlar orasida boʻlmaydi - bu holat "Pentagon Rossiya sputniklarining "xatarli" manevrlari tufayli Moskvani "dushman" mamlakat" sifatida koʻrayotgani bilan bogʻliq. Shu bilan birga gap allaqanday "hududiy eʼtirozlar" haqida borayotgani yoʻq.

Insoniyat qachon Marsni mustamlaka qilib oladi >>>

NASA oʻtgan Artemis deb nomlangan Oy dasturi loyihasi haqida eʼlon qilgan boʻlib, u 3 bosqichdan iborat boʻlishi aytilgan edi. Dasturning soʻnggi bosqichi astronavtlarni Oyga olib borib, tushirishni koʻzda tutadi.

Asosiy mavzular