11:19 03 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
232 0 0

JSTga Ashxabod tomonidan tashkilotda kuzatuvchi maqomini olish boʻyicha olib borilgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumot berildi.

TOSHKENT, 6 may - Sputnik. Turkmaniston JST Bosh kengashining navbatdagi yigʻilishida Jahon savdo tashkilotida kuzatuvchi maqomini olish istagida, deya xabar qildi RIA Novosti chorshanba kuni "Neytralnыy Turkmenistan" gazetasiga tayanib.

Ushbu masalalar BMTning Jenevadagi boʻlinmasi qoshidagi Turkmanistonning doimiy vakolatxonasining Jahon savdo tashkiloti ekspertlari bilan onlayn muzokaralarida muhokama qilindi.

JST vakillariga Ashxabod tomonidan tashkilotda kuzatuvchi maqomini olish boʻyicha olib borilgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumot berildi. Xususan, turkmanistonlik vakillar Turkmanistonning JSTga kirishi boʻyicha Hukumat komissiyasining joriy yil 14 aprel va 4 may kunlari boʻlib oʻtgan yigʻilishlari toʻgʻrisida aytib berishdi.Uchrashuvlar natijalariga koʻra, Turkmanistonning JSTga kuzatuvchi maqomida kirishi milliy iqtisodiyotning jadal rivojlanishiga yordam beradi degan xulosaga kelindi.

Muzokaralarda turkman tomoni iqtisodiy siyosat va mamlakatning tashqi savdo rejimiga sharh tayyorlaganligi qayd etildi.

"Uchrashuv davomida Jahon savdo tashkilotida Turkmanistonga kuzatuvchi maqomini berish masalasi JST Bosh kengashining navbatdagi majlisi kun tartibida koʻrib chiqilishi mumkinligi muhokama qilindi", - deb yozadi "Neytralnыy Turkmenistan" nashri. Sessiya oʻtkazilishi muddatlari oshkor qilinmayapti.

Birinchi marta Turkmanistonning JSTga kirishi masalasi 2011 yil yanvar oyida Yevropa komissiyasining oʻsha paytdagi rahbari Joze-Manuel Barrozu tomonidan koʻtarilgan edi. Ashxabodga tashrifi davomida u prezident Gurbanguli Berdimuhamedovga Turkmanistonni ushbu tashkilotga kirish uchun ariza berishni taklif qildi.

Asosiy mavzular