03:55 06 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
30710

Telegram asoschisi Pavel Durov “Kremniy vodiysi” dasturchilar orasida ortiqcha maqtab yuborilganini qayd etdi va u yerga koʻchib oʻtmaslik va yangi biznes boshlamaslik uchun 7ta muhim sabablarni sanab oʻtdi.

TOSHKENT, 8 may - Sputnik. Bugungi kunda dunyoning eng ommaviy messenjer laridan biriga aylangan Telegram hamda “VKontakte” ijtimoiy tarmogʻi yaratuvchisi Pavel Durov nima sababdan AQShning “Kremniy vodiysiga” koʻchib oʻtish kerak emasligini tushuntirib berdi.

23 aprel kuni rossiyalik taniqli boshlovchi Yuriy Dudning “Dunyoning IT-poytaxti kanday tuzilgan” nomli filmi chiqqan edi. Pavel Durovning fikriga koʻra, “ushbu film qahramonlari kamera oldida aytayotgan gaplari va shaxsiy suhbatda aytgan gaplari orasida sezilarli farq bor”.    

Telegram yaratuvchisi AQShning Kremniy vodiysiga koʻchib oʻtmaslik uchun 7ta muhim sabablarni sanab oʻtdi:

  • Politsiya davlati. Durov aytishiga qaraganda AQSH – bu politsiya davlati va Dudning filmidagi tadbirkorlardan kamida bir kishi AQSH huquqni saqlash organlarining adolatsiz harakatlari qurboni boʻlgan. Durovning oʻzi ham 2016 yilda San-Frantsiskoga tashrif buyurganida FBR bosimiga duch kelgan.
  • Samarasiz sogʻliqni saqlash tizimi. AQShd sogʻliqni saqlash tizimi juda qimmat va koʻpchillik umuman unga yeta olmaydi. Shu sababli koʻpchillik davolanish uchun boshqa davlatlarga borishga majbur.
  • Cheklangan madaniyat. “Kremniy vodiysi” – bu aslida madaniy hayoti cheklangan bir necha qishloq xolos. Eng yaqin shahar San-Frantsisko. U yerda boʻlsa jinoyatchilik avj olgan. Durov aytishiga qaraganda San-Frantsisko unga kuppa-kunduz kuni shahar markazida hujum qilingan yagona shahar. 
  • Juda katta soliqlar. AQShda soliqlar juda katta, AQSH pasporti esa – dunyoning istalgan nuqtasida sizni taʼqib etuvchi “iqtisodiy quldorlik majburiyati”, deydi Durov.
  • Sust taʼlim tizimi. AQShda taʼlim tizimi sust, “Soʻnggi yillardagi dasturchilar chempionatlarida gʻoliblar – AQShning mashhur OTMlari nomidan ishtirok etayotgan xitoyliklar boʻlmoqda. Ular Xitoy maktablarida taʼlim olib soʻng AQshga koʻchib oʻtishgan. AQSH ushbu musobaqalarda Rossiya va Xitoyga qaraganda juda kam oʻrin oladi.
  • Ishlab chiqarish juda qimmat. Bugungi kunda Kremniy vodiysi – IT startaplar uchun yaxshi joy emas. Mahalliy dasturchilar “juda qimmat va juda erkalatib yuborilgan”. Shu sababli bu yerdagi tadbirkorlar Sharqiy Yevropadan dasturchilar yollashni maʼqul koʻrishadi.
  • Kelajak yoʻq. Agar 10-20 yil oldin AQSH bozori internetning asosini tashkil qilgan boʻlsa, bugungi kunda uning ulushi - 4% xolos. Shu sababli TikTok, Byju, Telegram kabi global loyihalar AQShdan tashqarida rivojlanmoqda.  

Durov Sharqiy Yevropani tark etmoqchi boʻlayotgan dasturchilarga Shimoliy yoki Markaziy Yevropa mamlakatlariga nazar solishni maslahat bergan. Uning fikriga koʻra u yerda inson huquqlari va erkinliklari AQShga qaraganda ancha yaxshiroq himoya qilingan.

Asosiy mavzular