04:11 06 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
40010

Turkiston viloyati Maqtaaral tumanida toshqindan zarar koʻrganlar yangi yoki tiklangan uy joy bilan taʼminlanadi.

TOSHKENT, 9 may — Sputnik. Qozogʻiston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev toshqindan zarar koʻrgan barcha aholi uy joy bilan taʼminlanishi va ularga kompensatsiya berilishini maʼlum qildi.

Bu haqda Qozogʻiston yetakchisi bugun Twitter akkauntida xabar yozdi.

“Toshqindan zarar koʻrgan Turkiston viloyati Maqtaaral tumanining aholisi yangi yoki taʼmirlangan uy-joy bilan toʻliq taʼminlanadi. Ularning har biriga respublika byudjetidan 100 ming tangadan beriladi”, - deb yozilgan xabarda.

Shuningdek, prezident viloyatda vaziyat toʻliq nazoratga olinganini maʼlum qildi.

Asosiy mavzular