Aeroportni egallab olish va Maduroni olib chiqib ketish - Venesuela hujumi tafsilotlari

© REUTERS / MIRAFLORES PALACEPrezident Maduro demonstriruyet pasporta planirovavshix napadenie sotrudnikov ChVK
Prezident Maduro demonstriruyet pasporta planirovavshix napadenie sotrudnikov ChVK - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Venesuela hukumati may boshida davlatni kuch bilan to‘ntarishga bo‘lgan yana bir hujumni bartaraf etdi. Qamoqda 13 yollanma askar, ulardan 2 nafari AQSh prezidenti tan soqchilari ekani aniqlandi.

TOShKENT, 13-may - Sputnik. Venesuela muxolifati Nikolas Maduroni ag‘darishga urinishlardan voz kechmayapti. AQShga yordam so‘rab ochiqchasiga murojaat qilmoqda. Ammo bu ishda nafaqat Oq uy ishtirok etmoqda. Amerikalik yollanma qotillar ham Bolivarian Respublikasida hokimiyatni almashtirish rejasini ishlab chiqishga qo‘shilishdi. Karakasdagi to‘ntarish ssenariylari daromadli biznesga aylanishi RIA Novosti muallifi Galiya Ibragimova maqolasida.

Qo‘lga olib AQShga olib ketish

Venesueladagi voqealar deyarli Gollivud sujeti bo‘yicha rivojlanmoqda. May oyi boshida mamlakatga bir guruh kolumbiyalik jangarilar bostirib kirdi, ammo hukumat ularni zararsizlantirishga muvaffaq bo‘ldi. Qo‘lga olinganlarning ta’kidlashicha, Kolumbiya hukumati AQSh so‘roviga binoan ularga Karakasda terrorchilik xurujlarini amalga oshirishni va Nikolas Maduroning atrofidagilarini yo‘q qilishni buyurgan. Bogota bu ayblovlarni uydirma deb atadi. Bir necha kun o‘tgach, Karakasda go‘yoki fitna tashkilotchilari bo‘lgan ikki amerikalik hibsga olindi. Floridalik sobiq mahsus kuchlar xarbiysi Djordan Gudro to‘satdan ularning shaxsini aniqlashga yordam berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, uning o‘zi bu jangchilarni Maduroni ag‘darish uchun yuborgan.

© REUTERS / Handout Voyennoe oborudovanie planirovavshix napadenie na prezidenta Venesueli
Aeroportni egallab olish va Maduroni olib chiqib ketish - Venesuela hujumi tafsilotlari - Sputnik O‘zbekiston
Voyennoe oborudovanie planirovavshix napadenie na prezidenta Venesueli

Venesuela prezidenti ham o‘z fikrini bildirdi. Matbuot anjumanida u amerikalik yollanma qotillarni hibsga olish tafsilotlarini taqdim etdi. Aniqlanishicha panjara ortida endilikda o‘n uch kishi.

"Ularning barchasi Vashingtonning ko‘rsatmasi bilan harakat qilishgan. Ikkitasi - Lyuk Denman va Aaron Berri prezident Donald Trampning xavfsizlik xizmatida ishlaydi", - deb bayonot berdi Venesuela rahbari.

Maduro jurnalistlarga so‘roqlar videosini namoyish etdi. "Biz Venesuelaga bostirib kirib, Karakasga yetib borib, poytaxt aeroportini egallab olishimiz kerak edi. Bizga samolyotning qo‘nishini nazorat qilish va prezident Maduroni AQShga olib chiqib ketish vazifasi yuklangan edi", - deydi Lyuk Denman videoda.

Unga ellik mingdan yuz ming dollargacha to‘lov va’da qilinganini tan oldi. Operatsiyaga dekabr oyidan tayyorgarlik ko‘rildi. Denman asosiy buyurtmachini tanimaydi. "Biz bundan habarimiz bo‘lmagan", - dedi u.

Prezident Tramp ham vaziyatga izoh berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Oq uyning mahbuslarga hech qanday aloqasi yo‘q.

"Maduroni sheriklari bilan keltirmoq"

Vashington va Karakas o‘zaro munosabatlarni tartibga solayotgan mahalda, Maduroning dushmanlarining o‘zlari maxsus operatsiya tafsilotlarini oshkor qilishdi. Strategik deb ataluvchi qo‘mita rahbari Xuan Xose Rendon jurnalistlarga Denmanning so‘zlarini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etdi. Darhaqiqat, fitna kuzdan tayyorlanib kelgan. Yordam uchun ular AQSh xukumatiga emas, balki Amerikaning Silvercorp xususiy harbiy kompaniyasiga murojaat qilishdi.

Prezident Venesueli Nikolas Maduro  - Sputnik O‘zbekiston
Maduro Tramp shaxsiy qo‘riqchisining ikki xodimi hibsga olinganini ma’lum qildi

Rejani hususiy harbiy kompaniya boshlig‘i – o‘sha-o‘sha Floridalik sobiq mahsus hizmat hodimi Djordan Gudro ishlab chiqdi. U mijozlarni Venesuela harbiylari bilan yaxshi tanish ekanligiga ishontirdi va ular yordam berishga tayyor. U o‘z xizmatlari uchun 212,9 million dollar so‘radi. Operatsiya "Rezolyutsiya" deb nomlandi. Bitim qog‘ozda imzolandi.

"Bir guruh maslahatchilar Nikolay Maduroni bostirsh/qo‘lga olish/quvg‘in qilishni rejalashtirish va amalga oshirishda yordam beradi va prezident Xuan Guaydoni hokimiyatga keltirish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi", - deyiladi shartnomada.

Venesuelalik deputat Serxio Vergara mijoz sifatida chiqdi. Muxolifat rahbari Xuan Guaydo shartnomaning faqatgina Silvercorp HHK (hususiy harbiy kompaniya – tahr.) bilan hamkorlikka tegishli qismida imzo chekdi. Hujjatni jurnalistlarga ochib bergan Xuan Xose Rendon AQShdagi kelishuvning norasmiy kuratori bo‘lgan.

"Gudro rejasiga ko‘ra, sakkiz yuz kishi Venesuelaga kirib borib, sheriklari va Maduroni olib kelishi kerak bo‘lgan. U oldindan bir yarim million dollar talab qildi. Men unga 50 ming o‘tkazib berdim", - deya tushuntirdi Rendon.

Operatsiya yil boshiga rejalashtirilgan edi, ammo Gudro va Randon o‘rtasida mojaro kelib chiqdi. HHK boshlig‘i oldindan to‘lov miqdoridan qoniqmadi. Shu bilan birga, u Oq uyni xabardor qilishni talab qildi, chunki juda xavfli tadbir boshlanayotgan bo‘lgan. Rendon bundan Vashingtonning habari borligini ta’kidlagan, ammo dalil keltirmadi. Buning ustiga, u Gudro harakatlarining tartibsizligidan g‘azablandi.

Mojaroga qaramay, operatsiya nihoyat may oyida boshlandi. Ammo amerikalik yollanma jangarilar Venesuela yeriga qadam bosishi bilanoq ular hibsga olindi. Endi bitim taraflari bir-birini ayblashib, rasmiy Vashingtonga yuzlanishmoqda. Oq uy hamma narsani rad etmoqda. Guaydo ham sukunat saqlamoqda.

"Oqlanish oson kechiaydi"

Venesuela oppozitsiyasining AQSh HHKsi bilan tuzgan shartnomasi Inqirozli jamiyatni o‘rganish markazi mutahassisi Tatana Rusakovada ko‘plab savollarni tug‘dirdi. Siyosatshunos Guaydo Maduroni ag‘darish rejasiga jiddiy munosabatda bo‘lganiga shubha qilmoqda.

Aksiya v podderjku prezidenta Venesueli N. Maduro - Sputnik O‘zbekiston
Maduro harbiylarni AQSh hujumiga tayyor turishga chaqirdi

"Muxolifat yetakchisi ular bilan aloqada bo‘lgan bo‘lishi mumkindir ham. Ammo, hokimiyatni bu tarzda almashtirish mumkin emasligini tushungan. Hujjatdagi tushunchalar noaniq. Silvercorp HHKsi kim yordam bermoqchi edi? Venesuela hukumati tomonidan osongina qo‘lga olingan o‘sha amerikaliklargami?" - deydi mutaxassis.

Rusakova Venesuela muxolifati fitna uyushtirganini istisno qilmaydi. Ammo u bu yerda Bolivarian Respublika Qurolli kuchlari hamma narsani hal qilishini ta’kidlaydi.

"Guaydo harbiylarni o‘z tomoniga og‘dirishga harakat qilmoqda. Ammo ular orasida norozilar bo‘lsa ham, armiya rahbariyati hanuz Maduro tomonidan nazorat qilinmoqda. Qurolli Kuchlar yordamisiz muxolifat g‘arq bo‘ladi", - deydi Rusakova.

Siyosatshunos Tramp ma’muriyatining ham amerikalik yollanma jangarilari bilan bog‘liq vaziyatga aralashmaganiga ishonmaydi. U Venesuela oppozitsiyasining Silvercorp HHK bilan aloqalari haqida ma’lumot jurnalistlariga Oq uydan sizib chiqqanini ham inkor qilmaydi.

"Amerikaliklar boshi berk ko‘chaga kirib qoldi. Guaydoga bo‘lgan ishonch buzildi. Ehtimol Vashington o‘rniga boshqa odamni qidirmoqda va bir vaqtning o‘zida obro‘sini to‘kish kampaniyasini davom ettirmoqda. Axir, Guaydo har doim Maduroni kuch bilan ag‘darishga qarshi bo‘lgan. Endi esa u yollanma jangchilar bilan aloqada bo‘lganligi ayon bo‘ldi. Oqlanish oson kechmaydi", - deydi Rusakova.

Ekspertning asosiy xulosasi: amerikaliklar hali ham hushor va hanuz Venesuelada hokimiyatni o‘zgartirishning turli ssenariylarini ko‘rib chiqmoqdalar. Ayni paytda Vashingtonda favoritlar yo‘q. Tramp Bolivarian rejimni qulatishga qodir barcha bilan ishlashga tayyor.

Yangiliklar lentasi
0