03:34 02 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
43210

Yangi reytingda Alisher Usmonov 8-oʻrindan 7-oʻringa koʻtarilgan. Uning boyligi 11,68 mlrd funt sterlingga baholangan.

TOSHKENT, 17 may — Sputnik. Alisher Usmonov Buyuk Britaniyaning eng boy odamlari roʻyxatida bir pogʻona koʻtarildi. Yangi reytingda 2019 yildagi 8-oʻrindan 7-oʻringa koʻtarildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Usmonovning boyligi 11,68 mlrd funt sterlingga baholangan. Oʻtgan yilda boyligi 11,399 mlrd funt sterlingga baholangan edi. Taʼkidlanishicha, Alisher Usmonov joriy yilda Rossiyaga koronavirusga qarshi kurash uchun 118 mln funt sterling bergan. 

Yana bir rossiyalik tadbirkor, “Alfa-grupp” asoschisi Mixail Fridman reytingning 11-oʻrnidan joy olgan. Uning boyligi 10,23 mlrd funt sterlingga baholangan.

Millhouse investitsiya kompaniyasining asosiy egasi Roman Abramovich esa yangi reytingda oʻtgan yildagi 9-oʻrindan 12-oʻringa tushib ketgan. Uning boyligi 10,16 mlrd funt sterlingga tengligi aytilmoqda.

Yangi reyting yetakchilari britaniyalik tadbirkor, ixtirochi, Dyson kompaniyasi asoschisi Jeyms Dayson va uning oilasi boʻlgan. Biznesmenning boyligi 16,2 mlrd funt sterlingga baholangan. 

2-oʻrinni Hinduja Group kompaniyasi egalari aka-uka Shri va Gopi Hinduya va Trans World Group kompaniyasi asoschilari aka-uka Devid va Saymon Ruben egallagan. Ikkala aka-ukalarning boyligi 16 mlrd funt sterlingga baholangan.

Nashr ekspertlari koronavirus pandemiyasining eng boy britaniyaliklarga taʼsirini ham oʻrganib chiqishgan. Hisob-kitoblarga koʻra, Britaniyaning eng boy odamlari pandemiya sababli 2 oy ichida 54 mlrd funt sterling yoʻqotgan. Baʼzi tadbirkorlar, jumladan 20 milliarder, pandemiya sababli oʻz xodimlarini haq toʻlanmaydigan taʼtilga joʻnatgan. Biroq nashrning yozishicha, pandemiyaning salbiy oqibatlari moliyaviy sohada endi boshlanmoqda.

Asosiy mavzular