13:40 01 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
802 0 0

Vladimir Putin Dogʻiston Respublikasida ommaviy tadbirlar oʻtkazmaslik va  oʻz-oʻzini yakkalash tartibigan qanday amal qilinayotganini tekshirib koʻrishni topshirdi.

TOSHKENT, 18 may — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin koronavirus boʻyicha Dogʻistondagi ogʻir vaziyatning sababini tushuntirib berdi. RIA Novosti xabariga asosan.  

“Odamlar tibbiy yordam har doim ham kerakli miqdorda yetarlicha koʻrsatilmayotganini aytishmoqda”, dedi Rossiya prezidenti Dogʻiston Respublikasi rahbarlari bilan boʻlgan majlisda.

Putin aytishiga koʻra, Dogʻistonda koronavirus bilan bogʻliq vaziyat ogʻirlashishiga sabab odamlarning yordam uchun kech murojaat qilishi va uy sharoitida oʻz-oʻzini davolashga urinishi boʻlgan.

Shu bilan birga Rossiya prezidenti Dogʻistonda ishlayotgan shifokorlar va hamshiralar mehnatini yuqori baholadi.

Eng soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Dogʻistonda 3460ta koronavirus bilan kasallanish holati aniqlangan. Ulardan 89tasi soʻnggi bir sutka ichida. Vafot etganlar soni 29 kishini tashkil qilgan.

Oʻtgan haftada Dogʻiston sogʻliqni saqlash vaziri Djamaludin Gadjiibragimov respublikada 40dan ortiq shifokorlar pnevmoniya, koronavirus va boshqa kaslliklar tufayli vafot etganini xabar qilgan edi.

Asosiy mavzular