14:37 01 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
121411

Antiqa koʻrinishdagi doʻl dunyoning qarama-qarshi qismida joylashgan davlatlarda yogʻdi. Uning shakli ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini hayratda qoldirdi.

TOSHKENT, 20 may — Sputnik. Xitoy va Meksikada koronavirus shaklida doʻl yogʻdi.

Daily mail nashri yozishicha, Meksikaning shimolidagi Nuevo Leon shtatining hayratga tushgan aholi ijtimoiy tarmoqlarda muz boʻlaklarining suratlarini joylashtirishdi.

Suratda doʻlda COVID-19ga oʻxshash "tikanlar" borligini koʻrish mumkin.

Ayniqsa dindor foylanuvchilar, bunday tabiiy hodisa “dunyo yaratuvchisidan kelgan xabar” boʻlishi mumkin, deya taxmin qildilar.

Shunga oʻxshash suratlar bilan Xitoyning Tsindao shahrida yashovchi Arlene Lee ham oʻrtoqlashdi.

“Kechasi Tsindaoda mana shunday doʻl yogʻdi!”, - deb yozdi ayol.

Oʻz navbatida, Jahon meteorologiya tashkilotining meteorologi va maslahatchisi Joze Migel Vinas bu koʻrinishdagi doʻl gʻayrioddiy hodisa emasligini taʼkidladi.

"Boʻron paytida doʻl mayda sharsimon shaklda boshlanadi va ustida muz qatlami toʻplanadi. Kuchli boʻronlar paytida, doʻl yetarlicha kattalashib, parchalanadi, koʻplari majaqlanib, bir-birlariga qoʻshiladi va shunday muz tikanlarini hosil qilishadi" - deya tushuntirdi meteorolog.

Uning qoʻshimcha qilishicha, yerga tushgan doʻl ezilgan muz disklari boʻlib, kuchli zarba yoki turli oʻlchamdagi doʻllarning birlashtirishi natijasida yulduz shakliga olib keladi.

 

Asosiy mavzular