03:37 06 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
“Sardoba” toʻgʻoni yorilishi (56)
62930

Hokim oʻrinbosari Saken Kalkamanov Turkiston viloyatining suv bosgan qishloqlaridagi vaziyat barqarorlashgani haqida axborot berdi.

TOSHKENT, 21 may — Sputnik. Turkiston viloyati hokimining oʻrinbosari Saken Kalkamanovning soʻzlariga koʻra, Maqtaaral tumanidagi suv toshqinidan zarar koʻrgan aholi punktlari suvdan toʻliq tozalandi. Sputnik Qozogʻiston xabariga asosan.

"Sizlarga xushxabarim bor. Maqtaaral tumanidagi suv bosgan barcha aholi punktlari suvdan tozalandi. Hokimlik, Qazsuvxoʻj, FVQ, Oʻzbekiston Respublikasi harbiy va favqulodda vaziyat xodimlarining birgalikdagi saʼy-harakatlari tufayli qisqa vaqt ichida Sardoba suvi zovurlar va kollektorlar oʻzanlariga yoʻnaltirildi, bu esa aholining normal hayotga qaytishiga imkon berdi", - deb yozdi hokim oʻrinbosari Facebook’dagi sahifasida.

Birinchi may kuni Oʻzbekiston Sirdaryo viloyati Sardoba suv omborining toʻgʻon oʻpirilishi oqibatida  Qozogʻistonning bir nechta qishlogʻini ham suv bosdi. Mingdan ziyon uy, maktablar, bogʻchalar va shifoxonalar suv ostida qoldi. Aholi punktlaridan 31 ming kishi evakutsiya qilindi.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sardobadagi texnogen ofat tufayli Qozogʻistonning janubiy qismidagi hududlar ham zarar koʻrgani, Oʻzbekiston hukumati tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha qoʻshni davlat bilan yaqindan hamkorlik qilishini aytib oʻtgandi.

Oʻzbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligining 200 ortiq xodimi zarur texnika bilan toshqin oqibatlarini bartaraf etishda yordam berish uchun Qozogʻistonning Turkiston viloyati Maqtaaral tumaniga yuborilgandi.

Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida toshqin oqibatlarini bartaraf etilishi
Sputnik / Ramiz Baxtiyarov

10 may kuni Qozogʻiston bosh vaziri Asqar Mamin Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan Turkiston viloyati Maqtaaral tumanining Mirkakent posyolkasida uchrashgandi. Ular mahalliy aholi bilan uchrashib, birinchi uy-joy qurilishiga tamal toshi qoʻyishdi.

Mirzakentda suv toshqinidan zarar koʻrgan Jenis, Janaturmis va Dostik aholi punktlarining 500 ta oilasi uchun uy-joy, maktab, bolalar bogʻchasini qurish rejalashtirilmoqda. Qurilish ishlari Oʻzbekiston va Qozogʻiston mutaxassislari bilan birgalikda olib boriladi.

Mavzu:
“Sardoba” toʻgʻoni yorilishi (56)

Asosiy mavzular