15:35 28 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1233)
595 0 0

Amerika hukumatining ishonch bilan aytishicha, BSST 2019 yilning oxirida 2sogʻliqni saqlash sohasida favqulodda holat yuzaga kelganligidan" xabardor boʻlgan, ammo Tayvandan olingan maʼlumotni oʻz vaqtida ommaga eʼlon qilmagan.

TOSHKENT, 30 may - Sputnik. AQSH prezidenti Donald Tramp oʻz mamlakati Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bilan munosabatlarni uzayotgani haqida eʼlon qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Tramp oʻz qarorini BSST Vashington tomonidan talab qilingan islohotlarni oʻtkazishdan voz kechgani bilan izohlagan. Endi Qoʻshma Shtatlar tashkilot uchun moʻljallangan mablagʻlarni butun dunyo boʻyicha sogʻliqni saqlash sohasida zarur boʻlgan shoshilinch ehtiyojlarga yoʻllaydi.

Ilgariroq Tramp BSST direktori Tedros Adxanom Gebreyesusga maktub yoʻllagan va unda agar tashkilot bir oy davomida islohotlarni oʻtkazmasa, moliyalashtirishni toʻxtatishi va aʼzolikni qayta koʻrib chiqishini aytib, tahdid qilgan edi.

Uning soʻzlariga koʻra, Amerika prezidenti maʼmuriyati BSSTning koronavirus pandemiyasiga nisbatan nomuvofiq munosabatini aniqlagan.

Xatda yozilishicha, tashkilot goʻyoki oʻtgan yilning dekabr oyi boshida Uxanda infektsiya tarqalishiga oid xabarlarni inkor etgan va mustaqil oʻrganishlarni oʻtkazmagan. Amerika hukumatining ishonch bilan aytishicha, BSST 2019 yilning oxirida "sogʻliqni saqlash sohasida favqulodda holat yuzaga kelganidan" xabardor boʻlgan, ammo Tayvandan olingan maʼlumotni oʻz vaqtida ommaga eʼlon qilmagan.

Tramp soʻzlariga koʻra, tashkilot Xitoyga xalqaro ekspertlar yuborilishida qattiq turmagan va Pekinning mamlakat ichida harakatni taʼqiqlash qarorini maʼqullagan, ammo shu bilan bir vaqtning oʻzida AQSH chegarasini yopish yoki XXRdan kelayotganlar uchun taʼqiq qoʻyish singari choralarga qarshi boʻlgan.

BSST bosh direktori Amerika hukumati tomonidan ilgari surilgan ultimatumga izoh berishdan bosh tortgan.

Rossiyada AQSH pozitsiyasi keskin tanqidga olindi. RF TIV rahbari Sergey Lavrov Moskva xalqaro tashkilot nomi bu tarzda bulgʻanayotganidan tashvishdaligini bayon etdi. Lavrov "har qanday tashkilot oʻz faoliyatini yaxshilashi kerak, ammo bu ish konstruktiv muloqot orqali amalga oshirilishi lozim", degan fikrda. Idora vakili Mariya Zaxarova ham Vashingtonning, ayniqsa, hozirgi koronavirusga qarshi kurashish shart-sharoitida BSSTni siyosiy hisob-kitoblar maydoniga aylantirishga qaratilgan urinishlarini nooʻrin, deya baholadi.

Qoʻshma Shtatlarning ushbu pozitsiyasini Yevropa ittifoqi ham qoʻllab-quvvatlamadi. YEIga aʼzo mamlakatlar barchani yuzaga kelgan murakkab vaziyatda BSST atrofida jipslashishga chaqirmoqda.

Xitoy TIV Tramp maktubiga izoh berar ekan, Amerika hukumati shu yoʻl bilan COVID-19 profilaktikasiga qarshi olib borgan samarasiz choralari uchun aybni oʻz boʻynidan sokit qilishga urinayotganini taʼkidladi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1233)

Asosiy mavzular