22:32 12 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (959)
138810

Taʼkidlanishicha “Avifavir”ning oraliq klinik tadqiqotlari maʼlumotlari dori COVID-19 bemorlarini davolash uchun yuqori samardorligini tasdiqlagan.

TOSHKENT, 31 may — Sputnik. Rossiyadagi birinchi COVID-19 koronavirus infektsiyasiga qarshi dori “Avifavir” mamlakat Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan maʼqullandi.

Taʼkidlanishicha “Avifavir”ning oraliq klinik tadqiqotlari maʼlumotlari dori COVID-19 bemorlarini davolash uchun yuqori samardorligini tasdiqlagan. Hozirda uning yakuniy klinik tadqiqotlari 330 nafar bemor ishtirokida davom ettirilmoqda.

“Avifavir” nafaqat Rossiyada koronavirusga qarshi birinchi roʻyxatga olingan virusga qarshi dori, balki, ehtimol, dunyoda COVID-19ga eng katta istiqbolga ega dori hamdir. U Rossiyada rekord muhlatda klinik tadqiqotlar davomida ishlab chiqarilgan va sinovdan oʻtkazilgan. Bu unga dunyoda “Favipiravira” negizida birinchi roʻyxatdan oʻtgan dori boʻlishiga imkon berdi”, - deydi RFPP rahbari Kirill Dmitriyev.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Rossiyada COVID-19ga qarshi samarali dori  “Avifavir” paydo boʻlgani xabar qilingan edi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (959)

Asosiy mavzular