16:14 15 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Dunyoda
Havola olish
702 0 0

Mikrobiolog misning zararsizlantiruvchi xususiyatlaridan koronavirus tarqalishini toʻxtatish uchun foydalanishni taklif qildi.

TOSHKENT, 2 iyun - Sputnik. Misning zararsizlantiruvchi xususiyatlaridan koronavirus tarqalishini toʻxtatish uchun foydalanish kerak. Bu haqda Sautgempton universiteti yetakchi mikrobiologi Uilyam Kivil Times nashriga bergan izohida maʼlum qildi.

“Jamoat binolaridagi eshik, zinapoyalar tutqichlari, shuningdek, avtobuslar va poyezdlardagi tutqichlarda mis elementlar boʻlishi kerak", - deya uning soʻzlarini keltiradi RIA Novosti.

Uning eslatishicha, mis ionlari virusning lipid membranasiga hujum qilib, keyin uni yoʻq qiladi, bu sirtda virus toʻrt soatdan keyin, metall va plastmassada esa uch kundan keyin oʻladi.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining maʼlumotlariga koʻra, dunyoda 6 milliondan ortiq koronavirus holati aniqlangan, 370 mingdan ortiq odam vafot etdi.

Asosiy mavzular