22:14 12 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Dunyoda
Havola olish
486 0 0

Avstriyalik suratkash va dizayner u qanday qilib oʻn ming kilometrni bosib oʻtgani, nima uchun kupega qaraganda platskartda xavfsizroqligi haqida soʻzlab berdi. Shuningdek, Rossiya boʻylab sayohatdan olgan taassurotlari bilan oʻrtoqlashdi.

Svetlana Bayeva. Avstriyalik suratkash va dizayner Georg Vallner Zaltsburgdan poyezdda keldi va Transsibir temir yoʻli boʻylab uzoq sayohat qildi. RIA Novostiga bergan intervyusida u qanday qilib oʻn ming kilometrni bosib oʻtgani, nima uchun kupega qaraganda platskartda xavfsizroqligi, uning Rossiya haqidagi stereotiplari qulagani va hamrohlari - “deyarli maxfiy agentlar” haqida soʻzlab berdi.

Bolaligimdan poyezdda sayohat qilishni yaxshi koʻraman.

Men samolyotda tezda yetib borib manzilimda paydo boʻlishni emas, balki  manzilimga aynan sekin yetib borishda past tezlikni yoqtiraman. Yana men vagonda uxlashni yaxshi koʻraman - bu juda oʻziga xos tuygʻu. Aynan shuning uchun oʻtgan yozda biz jurnalist Marina Dmuxovskaya va Anyuta Proxorova bilan birgalikda harakatlanishning shu usulini tanladik.

Avstriyskiy fotograf Georg Vallner na perrone

Marina Zaltsburgdagi Xalqaro biatlon ittifoqining aloqalar boʻyicha menejeri edi, aynan shu yerda biz tanishdik. Anyuta uning dugonasi, uzoq vaqt Dubayda yashagan va ishlagan, psixologiyaga qiziqadi.

Bolalikdagi orzuim – poyezd haydovchisi boʻlib ishlash.

U amalga oshmadi, lekin Transsibir temir yoʻli boʻylab sayohat uni yanada yaqinlashtirdi va hatto mening doʻstlarim hazillashganidek "Rossiyani zabt etish" usuliga aylandi.

Avstriyadan Vladivostokkacha bitta boshqa transportga oʻtish bilan yetib borish mumkin.

Buning uchun Nitstsa - Moskva poyezdiga, keyin esa - toʻgʻri boradiganiga chiqish kerak. Ammo men koʻproq narsani koʻrishni xohladim-da va oxir-oqibat 13 ta poyezdni almashtirdim: avval Polshaga bordim, keyin Poznanda Berlin-Moskva poyezdiga oʻtirdim, Rossiya poytaxtidan boshlab biz shahardan shaharga, Transsibir temir yoʻlining oxirigacha yurdik.

Xram Xrista Spasitelya, snyatыy avstriyskim fotografom Georgom Vallnerom

Temir yoʻlda sayohatlar va Avstriya va Rossiyada unga munosabat juda farqlanadi.

Bizda toʻrt soat poyezdda sayohat qilish juda koʻp deb xisoblashadi. Odamlarga vagonda bir sutkadan koʻproq kolib ketishni tasavvur qilish qiyin! Shuningdek, Yevropada deyarli hech ham mobil Internet oʻchmaydi, Rossiyada esa hech qanday aloqa boʻlmaganda, shunchaki telefonni olib qoʻyib, oʻz hamrohlari bilan gaplashasiz yoki derazadan tashqariga tikilasiz.

Solntse cherez okno poyezda

Baʼzan poyezdda biz ikki kunlab oʻtirardik va men bundan rohatlanardim.

Ertalab erta turish shart emas, va kun boʻyi tamaddi qilib olish uchun tanaffuslar bilan derazaga tikilish mumkin. Menga Volga va Amur daryolari uzra quyosh botishi juda yoqdi. Ajablanarli darajada chiroyli! Yana meni uzoq toʻxtashlar naqadar yoqimli ekanligi ham hayratga soldi. Tashqariga chiqasiz, yegulik sotib olasiz, sayr qilasiz.

Safar davomida biz poyezdlarda oʻn marta tunadik.

Mehmonxonalarda esa Nijniy Novgorod, Qozon, Yekaterinburg, Krasnoyarsk, Irkutsk, Olxon orolida, Ulan-Ude, Blagoveщensk, Xabarovsk va Vladivostokda toʻhtadik. Har bir shaharda biz qiziqarli sarguzashtlar va uchrashuvlarga duch keldik. Masalan, men toqqa chiqishni yaxshi koʻraman, shuning uchun eng yorqin taassurotlardan biri bu Krasnoyarsk yaqinidagi choʻqqilarni zabt etish.

Menga mahalliy «Stolbы» (Ustunlar-tahr.) qoʻriqxonasida uchragan alpinist ayol Irina juda yoqib qoldi.

60 yoshga toʻlganiga qaramay, u meni qoyalarda quvib oʻtdi. Unda ingliz tili mukammal emas, men esa umuman rus tilida gapirmayman. Ammo biz ikkalamiz ham alpinistlar iboralarini bilardik va koʻp gaplasha oldik. Ammo mening rus doʻstlarim bizni tushunishmadi.

Men hatto “ustunchilar” qatoriga qoʻshishdi ham.

Bu Krasnoyarsk erkin alpinistlar birlashmasi, uning oʻziga xos submadaniyati bor. Uyda men qoyalarga chiqishda sugʻurtalovchi moslamalar bilan harakat qilaman. Baʼzan “bouldering” bilan, bu qisqa, ammo texnik jihatdan qiyin marshrutlar. “Ustunlar”da koʻplab marshrutlar ancha yuqoriroqda, xavfliroq.

U yerda biz anchagina baland “Ded” (bobo-tahr.) qoyasini zabt etdik, bu qiyin va xavfli boʻldi.

Bir kun kelib men balandlikka sugʻurtalovchi moslamalarsiz koʻtarilaman deb hech oʻylamaganman! Mashinaga qaytayotib, Irina bizni haloq boʻlgan ustunchilarning ismlari yozilgan devor yonidan olib oʻtdi. Bu juda sergaklashtiruvchi boʻldi.

Rossiyada men "Niva"ni ijaraga olib, rohat uchun sayr qilmoqchi edim.

Bir safar kichik bir qishloqda doʻstlarim ushbu mashinani koʻrib, uy egasiga murojaat qilib, uni olib turish mumkinmi deb soʻrashdi. U ha dedi! Bu aql bovar qilmaydigan ish boʻldi! Avstriyada birontasi notanish odamga oʻz mashinasini haydashiga ijozat beradi deb oʻylamayman.

Vladivostokda, "Zarya" zamonaviy sanʼat markazida nutq soʻzlagandan soʻng, bir yigit bizning oldimizga kelib, doʻstlari va avtomashinalar noqonuniy poygalari haqida gapirib berdi. Oʻsha oqshom biz dragreyserlarning (poygachilarning-tahr.) yigʻilish joyiga bordik. Men hatto poygada qatnashdim ham! Bu juda qiziqarli boʻldi, juda xavfli burilishlar boʻldi.

Bir safar bizning kupeda ikkita yoʻlovchi birga ketdi.

Ular oʻzlarining faoliyati haqida tasmaga gapirishni xohlamadilar va ismlarini ham aytmadilar. Deyarli maxfiy agentlarga oʻxshab. Ulardan biri havo halokatlariga ixtisoslashgan tergovchi. Ikkinchisi bir vaqt, harbiy hizmat paytida «Kosmos» raketalari bilan shugʻullangan. U boshqa hech narsa demadi! Menga esa hamon qiziq, u yerda aynan nima bilan shugʻullangan.

Puteshestviye avstriyskogo fotografa Georga Vallnera po Transsibirskoy magistrali

Rossiyaga sayohat qilishdan oldin, menga bu ajoyib mamlakat, deb aytishgan, lekin sharqga chuqurlashganin sayin, tsivilizatsiya kamroq.

Bu tabiatdan ham, odamlardan ham qoʻrqishni talab qiladi. Barchasi bekor gap! Kimnidir tajribasi boshqacha boʻlgandir, ayniqsa yolgʻiz sayohat qilsangiz va rus tilini bilmasangiz. Ammo biz uch kishi edik, bundan tashqari ikkitamiz rossiyalik, shuning uchun rus tili borasida muammo boʻlmadi.

Qizigʻi shundaki, odamlar baʼzan menga bir oz doʻstona emasdek tuyulardi.

Ammo mening chet ellik ekanligimni bilib, hamma jilmayishni va darhol juda yoqimli boʻlib qolardilar. Menimcha, Rossiyani sayohat uchun juda qiziq qiladigan narsa aynan shu. Bu yerda ular chet ellik mehmonlarga befarq emas, aksariyat sayyohlar oqimidan aziyat chekayotgan mamlakatlardan farqli oʻlaroq.

Puteshestviye avstriyskogo fotografa Georga Vallnera po Transsibirskoy magistrali

Ruslar faqat aroq ichadilar degan stereotip tarixga shoʻngʻidi.

Biz bir yoʻlovchi mast boʻlgani uchun poyezddan haydab chiqarilganini oʻz koʻzimiz bilan koʻrdik. Rossiyada sayohat qilish juda xavfsiz. Ayniqsa, uchinchi klassda (platskart - tahr.), bu yerda koʻp odamlar oʻz oilalari bilan sayohat qilishadi va hamma oʻz hamrohlarini koʻradi.

Mesto47 loyihasi togʻlarning tepasida ham, kichik qishloqlarda ham, tungi poyezdda choy ustida ham yoritiladigan bir qancha insoniy hikoyalar turkumiga  aylandi.

Puteshestviye avstriyskogo fotografa Georga Vallnera po Transsibirskoy magistrali

"Bu Rossiya haqida oddiy odamlardan yozib olingan hayotiy hikoya: poyezddagi hamrohlar va yoʻlda va shaharlarda bizga uchraydigan tasodifiy yoʻlovchilar hikoyalari. Gʻoya Zaltsburgdagi pivohonada tugʻilgan. Mesto47 – bu hayotiy muhim uchrashuvlarning tasodifiyligini anglatuvchi tasodifiy raqam", - deya tushuntiradi Marina Dmuxovskaya. "Biz kupeda uch kishi edik: men jurnalist sifatida, Georg ijodiy rahbar va fotograf sifatida, dugonam Anna esa psixolog sifatida".

"Koronavirus pandemiyasi tugaganidan keyin yana qaytib kelishga umid qilaman, - deydi Georg. Men Yaroslavl va Novosibirskni koʻrishni juda istayman".

Asosiy mavzular