07:19 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
871 0 0

Italiyalik olimlar Milan va turin oqava suvlarida koronavirus izlari 2019 yilning dekabrida boʻlganini aniqlashdi.

TOSHKENT, 19 iyun - Sputnik. Koronavirus oʻtgan yilning dekabr oyida Milan va Turinning oqava suvlarida boʻlgan, deb xabar qilmoqda Italiya Oliy sogʻliqni saqlash instituti mutaxassislari. RIA Novosti xabariga asosan.

Olimlar 2019 yil oktyabridan 2020 yil fevraligacha toʻplangan oqava suvlarning 40 namunasini oʻrganib chiqqanidan soʻng ana shunday xulosaga kelishgan.

"Ikki xil laboratoriya teshkshiruvlaridan soʻng 2019 yil 18 dekabrda Milan, Turinda va 2020 yil 29 yanvarda Bolonyada olingan suv namunalarida koronavirus RNKsi boʻlganligi tasdiqlandi", - dedi institut vakili Juzeppina La Rosa.

Bundan tashqari, ushbu shaharlarning oqava suvlaridan yanvar va fevral oylarida olingan materialda virus izlari topilgan. Tadqiqot natijalari Evropada infektsiyaning tarqalishi xronologiyasiga shubha tugʻdiradi, bu ilmiy jamoatchilik tomonidan qabul qilingan.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, bugungi kunda butun dunyoda deyali 8,3 million kishi koronavirus yuqtirgan, ulardan 450 ming nafari vafot etgan.

Italiya pandemiyadan eng koʻp aziyat chekkan davlatlardan biri edi: taxminan 238 ming kishi virusni yuqtirgan, ulardan 34 mingi vafot etgan. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, Italiyada birinchi marta yuqtirish holati yanvar oyida qayd etilgan.

Asosiy mavzular