05:40 13 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Dunyoda
Havola olish
134440

Dollarga bogʻliqlik sababli Xitoy AQSH sanktsiyalari oldida himoyasi zaif, deb hisoblaydi XXR qimmatli qogʻozlarni nazorat qilish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Fan Sinxay.

TOSHKENT, 23 iyun — Sputnik. Xitoy AQSH sanktsiyalari tufayli dollar toʻlov tizimidan ehtimoliy uzilishga tayyorgarlik koʻrishi lozim, dedi Xitoyning qimmatli qogʻozlarni nazorat qilish qoʻmitasi raisining oʻrinbosari Fan Sinxay.

Uning fikriga koʻra, AQSH sanktsiyalarni kuchaytirish maqsadida Xitoyga dollardan hisob-kitob vositasi sifatida foydalanishni taqiqlashi mumkin.

Sinxayning soʻzlariga koʻra, SWIFT banklararo toʻlov tizimi va CHIPS telekommunikatsiya tizimidan foydalanish haqida gap ketmoqda.

"Biz (oʻchirish uchun - tahr.) oldindan tayyorgarlik koʻrishimiz lozim, haqiqatdan, nafaqat psixologik jihatdan", -  deb taʼkidladi Xitoy qimmatli qogʻozlarni nazorat qilish qoʻmitasi raisining oʻrinbosari.

Sinxay taʼkidlashicha, dollarga bogʻliqligi sababli Xitoy AQSH sanktsiyalari oldida himoyasi zaif.

Bundan tashqari, kelajakda AQSH valyutasining qadrsizlanishi ehtimoli yuqori, bugungi kunda mamlakatda chet elda moliyaviy boʻlmagan investitsiyalar shaklida qariyb 2 trln dollarga ega, deydi u.

“Agar xorijiy aktivlarimiz yuanda boʻlganida, unda bunday xavotirlar boʻlmas edi (dollar qadrsizlanishi borasida – tah.). <...> Yuanni internatsionalizatsiyasi - tashqi moliyaviy bosimning oʻrnini qoplagan boʻlar edi”, - deb xulosa qildi mutaxassis.

Asosiy mavzular