22:16 20 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Dunyoda
Havola olish
278 0 0

Hindistonning Bihar va Uttar-Pradesh shtatlarida ikki kun ichida chaqmoq urishi natijasida 110 kishi vafot etdi.

TOSHKENT, 26 iyun — Sputnik. Hindistonning Bihar va Uttar-Pradesh shtatlarida ikki kun ichida chaqmoq urishi natijasida 110 kishi vafot etdi. RIA Novosti xabariga asosan.

Bundan tashqari, Bihar shtatida 20 kishi, Utar-Pradesh shtatida 12 kishi jarohat oldi. Ular shifoxonaga yotqizildi.

Bosh vazir Narendra Modi hamdardlik bildirdi.

“Uttar-Pradesh va Biharning baʼzi tumanlarida kuchli yomgʻingarchilik va chaqmoq urishi tufayli aholi vafot etgani toʻgʻrisida qaygʻuli xabarlar keldi. Shtatlar hukumatlari favqulodda yordam koʻrsatilmoqda”, - deb yozdi u  tvitterda.

Shtatlar hukumati vafot etgan kishilarning qarindoshlariga 400 ming rupiy yordam puli beriladi.

Ob-havo departamenti Uttar-Pradeshda kuchli yogʻingarchilikning davom etishini bashorat qilmoqda. Keyingi bir necha kun davomida suv toshqini tez-tez boʻladigan - Nepal bilan chegaradosh shimoliy hududlarda "juda kuchli yogʻingarchilik" bilan momaqaldiroq boʻlishi kutilmoqda.

Asosiy mavzular