22:29 20 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1152)
872 0 0

AQShda koronavirusning ikkinchi toʻlqini rasman boshlandi – kuni kecha, rekord darajada 37 077 ta koronavirus yuqtirib olish holati aniqlandi.

TOSHKENT, 26 iyun — Sputnik. AQShda rasman koronavirusning ikkinchi toʻlqini boshlandi. The Time nashri xabar qildi.

“Payshanba kuni 37 077 ta koronavirus yuqtirib olish holati aniqlandi: bu pandemiya boshlanganidan beri kunlik oʻsishning eng yuqori koʻrsatkichi”, - deyilgan xabarda.  

Texas, Kaliforniya, Floridada kunlik oʻsish holatlari boʻyicha rekord qayd etildi.

Gubernatorlar karantin cheklovlarini asta-sekin yumshatish boshlagandi.

Florida gubernatori Ron Desantisning soʻzlariga koʻra, holatlarning oʻsishi virusga test olish soni koʻpayganiga bogʻliq. Ammo tanqidchilar esa karantin choralarining yumshatilishi - asosiy rol oʻynadi, deb hisoblashmoqda.

Eslatib oʻtamiz, soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, AQShda 2,41 milliondan ortiq kishi koronavirusga chalingan, 122 550 kishi vafot etdi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1152)

Asosiy mavzular