01:44 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
597 0 0

AQShda prezident saylovlari noyabr oyida boʻlib oʻtishi kutilmoqda. Prezident kursisi uchun Donald Tramp va sobiq vitse-prezident Jo Bayden asosiy daʼvogar sanaladi.

TOSHKENT, 5 iyul — Sputnik. Rep yoʻnalishida ijod qiluvchi amerikalik qoʻshiqchi Kanye Uest AQSH prezidenti poygasida ishtirok etish niyatida ekanini maʼlum qildi.

“Endi biz Xudoga ishonib, qarashlarimizni birlashtirib va kelajagimizni barpo etib Amerika umidini roʻyobga chiqarishimiz lozim. Men Qoʻshma Shtatlar prezidenti lavozimiga oʻz nomzodimni qoʻyaman”, - deya yozgan Kanye Uest tvitterdagi sahifasida.

U aynan qaysi yili davlat rahbari lavozimi uchun kurashmoqchi ekaniga aniqlik kiritmagan. Ammo xabariga #2020VISION xeshtegini ilova qilgan.

Taʼkidlash joizki, bu reperning shunga oʻxshash birinchi bayonoti emas. Avvalroq u 2024 yilda prezident kursisi uchun kurashmoqchi ekani haqida gapirgandi.

Uest ilgari Trampning faol tarafdori ekanligini bilan maʼlum edi va bir necha marta shaxsan prezident bilan uchrashgan.

Kanye Uest – amerikalik reper, prodyuser, bastakor va dizayner.  

Noyabrda rejalashtirilgan saylovlarda prezident lavozimi uchun amaldagi prezident Donald Tramp va sobiq vitse-prezident Jo Bayden daʼvogarlik qilmoqda.

Teglar:
saylovlar, Amerika

Asosiy mavzular