17:30 07 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Dunyoda
Havola olish
557 0 0

AQSH harbiy dengiz kuchlari "Gabriel Giffords" (Gabrielle Giffords) jangovar kemasining raketa zaxirasini toʻldirib qoʻyishmadi.

TOSHKENT, 6 iyul — Sputnik. AQSH harbiy dengiz kuchlari "Gabriel Giffords" (Gabrielle Giffords) jangovar kemasining raketa zaxirasini toʻldirmadi.

The Drive portali yozishicha, kemada zamonaviy Mk 87 Mod 0 raketa uchirish tizimi oʻrnatilgan, u 8 dona RGM-184A Naval Strike Missile stels-raketaga moʻljallangan. Oʻtgan yilning oktyabr oyida Guam orolida oʻtkazilgan harbiy mashq davomida “Giffords” harbiy kema ekipaji hisobdan chiqarilgan fregatni yakson qilib, uni choʻqtirdi.

Jurnalistlar taʼkidlashicha, oʻsha vaqtdan beri bu kema yangi raketa oʻrni toʻldirilmagan holda Janubiy-Xitoy dengizida patrullik qilmoqda.

AQSH harbiy dengiz kuchlari “yoʻqotilgan” raketa yangisi bilan nima uchun toʻldirilmagani haqida savolga javob berishmadi. The Drive jurnalistlari qurol ishlab chiqaruvchi - Norvegiyaning  "Kongsberg" kompaniyasi va uni ishlab chiqaruvchi, Amerikaning "Raytheon" kompaniyasi oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlardagi muammolar sabab boʻlgan deb taxmin qilishmoqda.

Asosiy mavzular