01:46 21 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Dunyoda
Havola olish
76500

Rossiya Turkiyaga jami summasi 2,5 milliard dollarga teng toʻrtta S-400 divizionini yetkazib berish boʻyicha birinchi shartnomani bajardi. Keyinchalik tomonlar ikkinchi partiya boʻyicha kelishuvga erishdilar.

TOSHKENT, 7 iyul — Sputnik. Turkiya harbiylari Anqara yaqinidagi Myurted aviabazasida S-400 zenit raketa majmualarini amerikaning F-16 va F-4 qiruvchilariga qarshi yangitdan sinovdan oʻtkazishga kirishdilar. Bu haqda Fighter Jets World xabar bermoqda.

Portal maʼlumotlariga koʻra, test jarayoni 4 iyul kuni boshlangan va 26 noyabrga qadar davom etadi.

Xabarda aytilishicha, Turkiya AQShning "modomiki sinovlar oʻtkazilishi boshlansa, sanktsiyalar kiritilishi ehtimoli" haqidagi ogohlantirishlarini eʼtiborsiz qoldirgan.

Fighter Jets World provintsiya rahbariyati xabaridan iqtiboslar keltirgan, ularda aytilishicha, qiruvchilar katta va kichik balandliklarda uchadi.

Oʻtgan yilning kuzida turk harbiylari Anqara ustida turli balandliklarda uchgan amerika qiruvchilariga qarshi turk poytaxti ustidagi osmonni nazorat qilib turgan S-400ni sinovdan oʻtkazgan edilar.

Rossiya S-400 ZRK xaridi Anqara va Vashington oʻrtasidagi munosabatlarda inqirozni yuzaga keltirdi. Tizimlarni yetkazib berish ishlari oʻtgan yoz mavsumida boshlangan, ammo amerika hukumati turk sheriklardan bitimdan voz kechish va Patriot majmualarini xarid qilishni talab qilgan edi. AQSH, agar Turkiya bu talabni rad etadigan boʻlsa, Anqaraga F-35 qiruvchilarini sotishni kechiktirish va hatto bekor qilish hamda sanktsiya kiritishini maʼlum qilgan edi. Turkiya bu poʻpisalardan soʻng ham yon bosishdan bosh tortdi.

Rossiya Turkiyaga jami summasi 2,5 milliard dollarga teng toʻrtta S-400 divizionini yetkazib berish boʻyicha birinchi kelishuvni bajardi. Keyinchalik tomonlar ikkinchi partiya boʻyicha bitimga erishdilar.

Asosiy mavzular