14:14 27 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Dunyoda
Havola olish
77710

Qozogʻistonning Jambil viloyatida sunʼiy nafas oldirish apparati yetishmaydi. Viloyat Rossiya va Oʻzbekiston bilan ushbu tibbiyot uskunalarini yetkazib berishga oid muzokaralar oʻtkazmoqda.

TOSHKENT, 8 iyul — Sputnik. Qozogʻistonning Jambil viloyatida sunʼiy nafas oldirish apparati yetishmaydi. Viloyat hokimi Berdibek Saparbayev Rossiya va Oʻzbekiston bilan ushbu tibbiyot uskunalarini yetkazib berishga oid muzokaralar oʻtkazilayotganini maʼlum qildi.

“Viloyatda 148 dona sunʼiy nafas oldirish apparati bor. Bu yetarli emas. Hozir biz Rossiya, Oʻzbekiston bilan ishlamoqdamiz. Yaqin kunlarda yana 50 dona shunaqa apparatlarni olishimiz rejalashtirilmoqda”, - dedi Saparbayev. Uning soʻzlaridan Sputnik Qozogʻiston nashri iqtibos keltirgan.

Qozogʻistonning Jambil viloyatida koronavirus pandemiyasi boshlangandan buyon 1866 ta kasallanish holati aniqlangan. Bemorlarning 598 nafari tuzalib ketgan. Uch kishi virus qurboniga aylangan.

Rossiya xorijga 600 ta sunʼiy nafas oldirish apparatini, jumladan, Oʻzbekistonga yetkazib berdi

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Fargʻona viloyati Qirgʻizistonning Botken shahriga insonparvarlik yordami joʻnatgani xabar qilingan edi.

Teglar:
koronavirus, Qozogʻiston, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular