TOSHKENT, 9 iyul - Sputnik. Rossiya xalqaro havo qatnovini ikki bosqichda qayta tiklaydi. Bunday qaror mamlakatda koronavirus tarqalishiga qarshi kurash boʻyicha tezkor shtab yigʻilishidan keyin qabul qilindi.
Rospotrebnadzor tezkor shtab gʻoyasini qoʻllab-quvvatladi va 13 mamlakatga parvozlarni ochishni taklif qildi. Tegishli maktub Rosaviatsiya agentligi va transport vazirligiga joʻnatildi.
Hujjatda aytilishicha, epidemik vaziyat tahlil qilingandan keyin, Rospotrebnadzor parvozlarni qayta tiklash uchun birinchi bosqichda 13 davlatni nomzod sifatida koʻrmoqda.
Gap Buyuk Britaniya, Vengriya, Germaniya, Daniya, Italiya, Niderlandi, Norvegiya, Polsha, Finlyandiya, Xitoy, Vyetnam, Moʻgʻiliston va Shri-Lanka haqida ketmoqda.
Shu bilan birga, parvozlarni qayta tiklash muddatlari va Rossiya fuqarolarini parvozlarga qoʻyilishi haqida maʼlumot yoʻq.
Eslatib oʻtamiz, koronavirus pandemiyasi tufayli Rossiya 27 mart kuni xalqaro muntazam va charter reyslarini vaqtincha toʻxtatib qoʻygan edi.