02:20 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB134.34
  • EUR12294.55
  • USD10390.93
Dunyoda
Havola olish
60120

Jahon va Rossiya iqtisodiyotdagi trendlar haqida tahliliy maʼlumotlar tayyorlaydigan “Alpari” markazi tomonidan Rossiya valyutasini denominatsiya qilish taklif qilindi.

TOSHKENT, 10 iyul — Sputnik. "Alpari" axborot-tahlil markazining rahbari Aleksandr Razuvayev Rossiya valyutasini yuz baravar denominatsiya qilish taklif qildi. RIA Novosti xabariga asosan.

Avvalroq, Rossiya Markaziy banki muomaladagi naqd pul miqdori rekord darajaga - 12,42 trln rublga yetganini maʼlum qilgandi. Regulyatorning maʼlum qilishicha, soʻnggi bir oy ichida bu miqdor 3,5 foizga oshgan.

Razuvayevning soʻzlariga koʻra, denominatsiya kopeykani muomalaga qaytarishga imkon beradi, dollarning kursi esa 70 kopeyka tashkil qiladi. Ekspertning fikricha, bu Rossiya valyutasiga ishonchni mustahkamlashga yordam beradi.

U muomaladagi pul massasining koʻpayishini baʼzi rossiyaliklar norasmiy shaklda ish haqi olishi bilan izohladi.

Ekspert fikri

Rossiya Fanlar akademiyasi Iqtisodiyot instituti direktori Ruslan Grinberg, Razuvayevning taklifiga qarshi chiqdi. Uning fikricha, denominatsiya vahima qoʻzgʻashi mumkin, chunki bunday choralar koʻpincha valyutaning keskin qadrsizlanishi sharoitida amalga oshiriladi.

Eslatib oʻtamiz, Rossiyada oxirgi marta denominatsiya 1998 yilda 1000:1 koeffitsenti bilan oʻtkazilgandi. Oʻsha vaqtda pul birligi quyidagi nisbatda oʻzgardi: 500 rubl - 50 kopeyka; 1000 rubl - 1 rubl; 5000 rubl - 5 rubl; 10000 rubl - 10 rubl; 50 000 rubl - 50 rubl; 100 000 rubl - 100 rubl; 500 000 rubl - 500 rubl.

Denominatsiyadan soʻng 2001 yilda 1000 rubl banknota muomalaga kiritildi, 2006 yilda esa 5000 rubl kiritildi, u ayni vaqtda mamlakatda eng yirik banknota hisoblanadi.

Asosiy mavzular