Qo‘l-oyoqlari odamnikiga o‘xshagan g‘alati jonzot - internet foydalanuvchilari hayratda

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishTerrarium Moskovskogo zooparka
Terrarium Moskovskogo zooparka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qo‘llari odamnikiga o‘xshagan g‘alati jonzot aks etgan video rolik ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Foydalanuvchilar jonzotning uzun qo‘l-oyoqlari “odam qo‘llari”ga o‘xshash ekanligini aytishmoqda.

TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda antiqa hayvon aks etgan video tarqaldi. Foydalanuvchilar jonzotning uzun qo‘l-oyoqlari “odam qo‘llari”ga o‘xshash ekanligini aytishmoqda.

The Daily Star yozishicha, AQShning Boulder-Siti shahrida istiqomat qiluvchi ayol tomonida videorolik TikTok video tarmog‘iga joylashtirildi. 

 

​Ayol AQSh harbiy maxfiy bazasi - “Zona 51” yaqinida bu g‘alati hayvonga duch kelgani haqida izoh yozgan. Hukumat baza mavjudligini 2013-yilda tan olgandi.   

 

Tosh ustida o‘tirgan jonzot kaltakesakka o‘xshaydi. Hayvonning uzun qo‘l-oyoqlari foydalanuvchilarni hayratga soldi.

Bir haftada video 2,9 million marta tomosha qilinib, 590 mingdan ortiq layk to‘pladi. Foydalanuvchilar o‘z izohlarida hayvon haqida turli fikrlarni bildirishmoqda. Ba’zilar “u o‘yinchoq bo‘lishi mumkin”, degan izoh yozishdi.

Yangiliklar lentasi
0