Gretsiyada vandallar masjidni toshbo‘ron qilishdi

© AP Photo / Thanassis StavrakisGrecheskiy xudojnik S.F. risuyet graffiti na temu koronavirusa v Afinax
Grecheskiy xudojnik S.F. risuyet graffiti na temu koronavirusa v Afinax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bosqinchilik harakati tunda yuz bergan - bir necha kishi toshbo‘ron orqali masjid eshiklari oynalarini sindirishgan.

TOShKENT, 14-iyul - Sputnik. Gretsiyaning markaziy qismi - Trikala shahrida vahshiylar Kurshum masjidini toshbo‘ron qilib, oynalarini chilparchin qilishgani aytilmoqda.

Prezident Tureskoy Respubliki Redjep Tayip Erdogan  - Sputnik O‘zbekiston
Mutlaqo qiziqmas. Erdog‘an Ayya Sofiya taqdiri uchun qayg‘urayotganlarga javob qaytardi

Bu haqda RIA Novosti mahalliy trikalanews.gr portaliga tayanib xabar bermoqda.

Nashr ta’kidiga ko‘ra, ushbu harakatlar Turkiya prezidenti Toyib Erdog‘anning Istanbuldagi Ayya Sofiya soborini cherkovga aylantirish qaroriga javoban amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin.

Bosqinchilik harakati tunda yuz bergan - bir necha kishi toshbo‘ron orqali masjid eshiklari oynalarini sindirishgan.

Trikala ma’muriyati ushbu hodisadan xabardor etilgan, politsiya aybdorlarni qidirmoqda va bu kabi hodisa boshqa takrorlanmasligi uchun barcha choralarni ko‘rmoqda.

Kurshum masjidi Usmon-shoh masjidi sifatida ham mashhur. U XVI asrda usmoniylar arxitektori Mimar Sinan tomonidan bunyod etilgan.

Yangiliklar lentasi
0