22:32 12 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Dunyoda
Havola olish
216 0 0

Xitoy AQShda "Gonkong avtonomiyasi toʻgʻrisida"gi qonun qabul qilinishini qoralaydi va AQShning tegishli fuqarolari va tashkilotlariga nisbatan sanktsiyalar qoʻllashni rejalashtirmoqda, deyiladi XXR TIV bayonotida.

TOSHKENT, 15 iyul - Sputnik. AQSH Gonkong bilan munosabatlardagi imtiyozlar yoki farqlarni toʻxtatib turadi yoxud bekor qiladi, shu jumladan, Gonkong pasporti egalarini Xitoy fuqarolari bilan bir qatorda koʻrib chiqadi, deyiladi AQSH prezidenti Donald Tramp imzolagan farmon matnida. Hujjat Oq uy tomonidan tarqatilgan.

"Men farmon beramanki ... Gonkongga nisbatan kechayotgan vaziyat, shu jumladan, XHRning Gonkong avtonomiyasini tubdan buzish boʻyicha harakatlari, AQSH havfsizligi, tashqi siyosati va iqtisodiyoti uchun AQSH tashqarisidagi mutlaq va favqulodda havf manbasisidir. Bu farmon orqali ushbu tahdidga nisbatan favqulodda vaziyatni eʼlon qilaman”, - deyiladi hujjatda.

Tramp AQSH endi Gonkong bilan munosabatlardagi imtiyozlar va farqlarni toʻxtatib turishini yoki bekor qilishini eʼlon qildi. Xususan, Gonkong va Xitoy pasport egalariga nisbatan farqlashlar bekor qilinadi, Gonkongga eksport nazorati obʼyekti boʻlgan mahsulotlar eksportida litsenziyalardagi istisnolar bekor qilinadi. Farmon AQShning ekstraditsiya toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitimni toʻxtatib qoʻyish niyatida ekanligini, shuningdek, mahkumlarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi kelishuvdan voz kechish niyatida ekanligi toʻgʻrisida Gonkongni xabardor qilishni talab qiladi.

Shuningdek, hujjat Gonkong politsiyasining AQShda oʻqitishni toʻxtatish, Davlat Departamentining Xitoy va Gonkong bilan taʼlim va madaniy almashinuv dasturini bekor qilishini hamda Gonkonglik boshpana izlovchilarning ruxsat etilgan sonini koʻrib chiqishni koʻzda tutadi.

Avvaliga Gonkong avtonomiyasi toʻgʻrisidagi qonun Vakillar palatasi tomonidan qabul qilingan, iyul oyi boshida esa AQSH Senati tomonidan qabul qilinib, prezidentga imzoga yuborilgan. Hujjatda 1984 yildagi Britaniya-Xitoy deklaratsiyasini va Xitoyning maxsus maʼmuriy hududi sifatida Gonkongning pozitsiyasini belgilaydigan asosiy qonunni buzgan xorijiy shaxs va kompaniyalarga qarshi sanktsiyalar qoʻllanilishi koʻzda tutilgan.

Qonun kuchga kirganidan 90 kundan kechikmay, AQSH Davlat kotibi kongressni ushbu qoidalarni buzgan shaxslar haqida xabardor qilishi kerak. Keyin, bir yil muddatdan kechikmay, prezident ushbu shaxslarga va ular bilan bogʻliq tashkilotlarga nisbatan AQSH yurisdiksiyasidagi barcha aktivlar va koʻchmas mulkni muzlatib qoʻyishni, shuningdek, bunday shaxslar bilan har qanday moliyaviy operatsiyalarni va AQShga kirishni taqiqlashni taʼminlaydigan sanksiyalarni joriy qilishi kerak. Shuningdek, qonunda sanktsiyalarni olib tashlash va jismoniy shaxslar va tashkilotlarni sanktsion roʻyxatdan chiqarib tashlash mexanizmi ham koʻzda tutilgan. Hujjatda alohida taʼkidlanishicha, uning hech bir tartibi "Xitoyga qarshi harbiy kuch ishlatishga ruxsat" sifatida talqin etilishi mumkin emas.

Xitoy AQShda "Gonkong avtonomiyasi toʻgʻrisida"gi qonun qabul qilinishini qoralaydi va AQShning tegishli fuqarolari va tashkilotlariga nisbatan sanktsiyalar qoʻllamoqchi, deyiladi XXR TIV saytidagi bayonotda.

"AQSH qonun loyihasi Gonkong milliy xavfsizlik toʻgʻrisidagi qonunini qasddan qoralaydi, Xitoyga qarshi sanktsiyalar kiritish bilan tahdid qiladi, xalqaro huquni va xalqaro munosabatlarning asosiy meʼyorlarini jiddiy ravishda buzadi, Gonkong va Xitoyning ichki ishlariga qoʻpol aralashishdir. Xitoy hukumati buni keskin qoralaydi va qatʼiy qarshilik bildiradi", - deyiladi vazirlik bayonotida.

Taʼkidlanishicha, "Xitoy oʻz qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun zarur javob choralarni koʻradi va bunga (qabul qilinishiga-tahr.) qarshi boʻlgan AQSH fuqarolari tashkilotlariga nisbatan sanktsiyalarni qoʻllaydi".

Bundan tashqari, Xitoy TIV bayonotiga koʻra, Pekin Gonkong ishlariga tashqi aralashuvga qarshi turishga tayyor, milliy xavfsizlik toʻgʻrisidagi qonunini amalga oshirishga AQShning toʻsqinlik qilishiga har qanday urinishlari barbod boʻladi.

Gosudarstvennыe flagi KNR i Gonkonga na territorii kompleksa pravitelstvennыx zdaniy.
© Sputnik / Valeriy Melnikov

Taʼkidlanishicha, Xitoy tomoni AQShni "oʻz xatolarini tuzatib, "Gonkong avtonomiyasi toʻgʻrisida"gi qonunni qabul qilmaslikka, Xitoyning ichki ishlariga, shu jumladan Gonkong ishlariga aralashishni toʻxtatishga" chaqirmoqda.

"Agar AQSH oʻz pozitsiyasidan qaytmasa, Xitoy javob berishi muqarrar", - deya taʼkidlanadi vazirlikda.

Xitoy parlamenti tomonidan maʼqullangan, Gonkong milliy xavfsizligini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun, 30 iyun kuni kuchga kirdi. Qonunda Gonkongda sodir etiladigan toʻrt turdagi jinoyatlarning oldini olish, bartaraf etish va jazolash qoidalari belgilangan, jumladan, separatistik faoliyat, davlat hokimiyatini toʻntarishga urinishlar, terrorchilik faoliyati, milliy xavfsizlikka xavf tugʻdirish maqsadida xorijiy davlatlar yoki chet elda joylashgan xorijiy kuchlar bilan til biriktirish. Qonun Gonkong hukumatga qarshi kuchlari va Gʻarbning bir qator rasmiylari orasida noroziliklarga sabab boʻlib, ular unda Pekinning avtonomiya ustidan nazoratni kuchaytirish istagini payqashdi. Pekin bir necha bor Gonkong masalasi – Xitoyning ichiki masalasi ekanligini taʼkidlagan.

Asosiy mavzular