19:22 24 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
734 0 0

Olimlar tomonidan olingan antitanachalar virus va ACE2 membrana oqsilining birlashishiga toʻsqinlik qilishga qodir va mos ravishda uning inson hujayralariga kirib borishini oldini oladi.

TOSHKENT, 15 iyul - Sputnik. Rossiya Fanlar akademiyasi Sibir boʻlimi (RFA SB) Molekulyar va hujayrali biologiya instituti olimlari (IMKB) Rossiyada birinchi boʻlib SARS-CoV-2 koronavirusini zararsizlantiruvchi antitanachalarni yetishtirishga muvaffaq boʻlishdi. Bu haqda RIA Novosti-ga RFA SB raisining istiqbolli loyihalar boʻyicha maslahatchisi Olga Doroxova maʼlum qildi.

“Buning uchun biz COVID-19 bilan kasallanib davolanib chiqqan donorlarning qon namunalaridan va V-limfotsitlarni saralashning noyob texnologiyasidan foydalandik”, - dedi agentlik suhbatdoshi.

Uning soʻzlariga koʻra, olingan antitanachalar virus va ACE2 membrana oqsilining birlashishiga toʻsqinlik qilishga qodir va mos ravishda uning inson hujayralariga kirib borishini oldini oladi. Ushbu yoʻnalishdagi keyingi tadqiqotlar maxsus terapiya va koronavirus kasalligining oldini olish uchun dorilarni yaratishga yordam beradi.

“Bundan tashqari, olingan materiallar koronavirus infektsiyasi bilan kasallanishda himoya immuniteti xususiyatlarini oʻrganishga imkon beradi va vaktsinalarni takomillashtirishda talabgir boʻladi”, - deya qoʻshimcha qildi Doroxova.

RFA SB IMKBning Biologiya fanlari doktori Aleksandr Taranin boshchiligidagi immunogenetika laboratoriyasi, kasalliklarning molekulyar diagnostikasi va terapiyasini yaratish, odam oqsillarini funktsional tahlil qilish, shuningdek immunitet tizimining molekulyar evolyutsiyasini tiklash bilan shugʻullanadi.

Asosiy mavzular