00:36 27 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1230)
340 0 0

Bern universiteti immunologiya institutining sobiq direktori va faxriy professori Beda Shtadler koronavirusning alomatsiz tashuvchisi boʻlmaydi, butun dunyo boʻylab unga qarshi kurashishda xatolikka yoʻl qoʻyilgan deb hisoblaydi.

TOSHKENT, 16 iyul - Sputnik. Koronavirusning alomatsiz tashuvchisi boʻlmaydi. Bu haqda mikrobiolog, Bern universiteti (Shveytsariya) immunologiya institutining sobiq direktori va faxriy professori Beda Shtadler maʼlum qildi. “Izvestiya” nashri xabariga asosan.

Uning fikriga koʻra, “alomatsiz”larda, xavf guruhiga kirmagan koʻplab bolalar kabi, kasallikka qarshi immunitet mavjud. Gap shundaki, COVID-19 testlari virusning tirikmi yoki immunitet tizimi tomonidan bostirilganmi, buni aniqlay olmaydi va natijada “virusning mayda parchalangan qismlarini” kasallikning faol rivojlanayotgani sifatida qabul qilishi mumkin.

“Ehtimol, kasallanishlar haqidagi kunlik koʻp sonli xabarlar faqatgina virusli chiqindi tufayli kuzatilyapti”, - deydi Shtadler.

Uning soʻzlariga koʻra, alomatsiz tashuvchilar virusni bostirib boʻlgan va ular endi kasallik tarqata olmaydilar.

Mutaxassis COVID-19 ga qarshi kurashda yoʻl qoʻyilgan bir qator xatolarga eʼtibor qaratdi. Professorning soʻzlariga koʻra, Sars-CoV-2 koronavirusi mutlaqo yangi emas, u shamollashni keltirib chiqaradigan mavsumiy virusga oʻxshaydi, yozda mutatsiyaga uchrab yoʻqoladi.

Bunga misol sifatida Shtadler nemis olimlari tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotni keltiradi. Unga koʻra, COVID-19 bilan kasallanmagan berlinliklarning 34 foizi T-hujayralari maʼsul boʻlgan orttirilgan immunitetga ega. Demak, bu hujayralar Sars-CoV-2-da oddiy shamollashning qoʻzgʻatuvchisiga oʻxshash tuzilmani aniqlab unga qarshi kurashadi.

Epidemiologlarning koronavirus infektsiyasining mavsumiyligiga ishonmasliklari notoʻgʻri modellar va prognozlar tuzilishiga olib keldi, deydi mutaxassis.

“Garchi dastlabki juda yomon stsenariylar hech qayerda amalga oshmagan boʻlsa-da, baʼzi odamlar hamon ikkinchi toʻlqinni bashorat qiladigan modellarga yopishib olishgan”, - deydi u.

Uning fikricha, virus qishda qaytishi mumkin, ammo bu “ikkinchi toʻlqin emas, balki mavsumiy xususiyatli” boʻladi.

“Niqoblarda yuradigan yosh va sogʻlom odamlar dubulgʻa kiygan maʼqulroq, chunki ularning boshiga biror narsa tushishi xavfi koronavirusga chalinish xavfidan koʻproq”, - deya kinoya qiladi Shtadler.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1230)
Teglar:
koronavirus

Asosiy mavzular