22:51 20 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
130102

Rossiya Xavfsizlik Kengashi kotibi oʻrinbosarining soʻzlariga koʻra, KXSHT doirasida terrorchi deb tan olingan tashkilotlarning yagona roʻyxatini shakllantirish ham dolzarb boʻlib qolmoqda.

TOSHKENT, 16 iyul - Sputnik. Suriyadagi qator magʻlubiyatlardan soʻng ISHID* jangarilari Afgʻonistonga oʻtmoqda. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik Kengashi kotibi oʻrinbosari Rashid Nurgaliyev maʼlum qildi.

“Terroristlar Afgʻoniston shimolida faollashdi, Markaziy Osiyoning qoʻshni davlatlariga bostirib kirish rejalarini ishlab chiqmoqda”, - dedi u.

Aynan shu sababdan KXSHT uchun tojik-afgʻon chegarasi strategik ahamiyatga ega. Tashkilot Markaziy Osiyoda oʻz chegaralarini mustahkamlashi uchun Tojikiston hududida harbiy infratuzilma yaratilmoqda, terrorizmga qarshi va giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurash usullari takomillashtirilmoqda.

Shuningdek, KXSHT doirasida Rossiya, Tojikiston va boshqa davlatlar fuqarolarini terrorchilar safiga jalb qilinishini oldini olish boʻyicha faol ishlar olib borilmoqda.

Nurgaliyevning soʻzlariga koʻra, KXSHT doirasida terrorchi deb tan olingan tashkilotlarning yagona roʻyxatini shakllantirish ham dolzarb boʻlib qolmoqda.

* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkilot.

Asosiy mavzular