13:20 23 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1224)
59520

Taʼkidlanishicha, mavjud tahlil natijalari emlash natijasida barcha koʻngillilarda immun javobi hosil boʻlganini aniq koʻrsatadi.

TOSHKENT, 20 iyul — Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi koronavirusga qarshi vaktsinaning klinik sinovlarini yakunladi. 20 iyul kuni ertalab koʻngillilarning ikkinchi guruhiga javob berildi.

“Rossiya Mudofaa vazirligi N.F. Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya milliy ilmiy tadqiqot markazi bilan birgalikda akademik N.N. Burdenko nomidagi bosh harbiy klinik gospitali bazasida koʻngillilar ishtirokida COViD-19 qarshi vaktsinaning klinik bosqichini muvaffaqiyatli yakunladi”, - deyilgan vazirlik xabarida.

Taʼkidlanishicha, mavjud tahlil natijalari emlash natijasida barcha koʻngillilarda immun javobi hosil boʻlganini aniq koʻrsatadi. Koʻngillilar hech qanday asoratlar yoki nojoʻya taʼsirlar ustidan shikoyat qilishmagan.

Koʻngillilarning koʻrik, tahlil maʼlumotlari N.F. Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya milliy ilmiy tadqiqot markaziga beriladi. Maʼlumotlar tekshirilgandan soʻng dorini roʻyxatdan oʻtkazish rejalashtirilmoqda.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1224)
Teglar:
Rossiya, vaktsina, koronavirus

Asosiy mavzular