08:28 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
100711

Kelajakda Afrika qitʼasi ikki qismga boʻlinadi. Bu haqda olimlar tektonik plitalar harakatlanishini tahlil qilish natijalariga asosan maʼlum qilishdi.

TOSHKENT, 20 iyul — Sputnik. Kelajakda Afrika qitʼasi ikki qismga boʻlinadi. Bu haqda olimlar tektonik plitalar harakatlanishini tahlil qilish natijalariga asosan maʼlum qilishdi.

Mutaxassislarning soʻzlariga koʻra, bu jarayon ayni vaqtda yuz bermoqda. Buni bir necha yil oldin Keniyaning janubi-gʻarbiy qismida toʻsatdan paydo boʻlgan yoriq tasdiqlaydi. Uning uzunligi bir necha kilometrga, chuqurligi 15 metr va kengligi 20 metrgacha yetadi.

Bundan tashqari, Efiopiyaning Afar mintaqasida shunga oʻxshash yoriq mavjud. U bir vaqtning oʻzida turli yoʻnalishda asta-sekin harakatlanadigan uchta tektonik plitalarning birlashmasida joylashgan.

2005 yilda hosil boʻlgan yoriq har yili kengaymoqdda. Ayni vaqtda uning uzunligi 56 kilometrni tashkil qilmoqda.

“Bularning barchasi Afrikaning aniq boʻlinib ketishidan dalolat bermoqda”, - deydi mutaxassislar.

Olimlarning hisob-kitoblariga koʻra, Afrikaning ajralib chiqqan ikki qismi oʻrtasida yangi okean paydo boʻladi. Suv havzasini shakllantirish uchun 5-10 million yil kerak boʻladi. U Aden koʻrfazi va Qizil dengiz suvlaridan hosil boʻladi.

Qizil dengiz va Aden koʻrfazi ham bir vaqtlar Afrika va Arab tektonik plitalari tufayli vujudga kelgan.

Asosiy mavzular