03:30 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Dunyoda
Havola olish
74700

Afgʻonistonning Gor provintsiyasida 14 yoshli Kamar Gul ota-onasini oʻldirgan ikki nafar “Tolibon”* jangarisini otib tashladi.

TOSHKENT, 21 iyul — Sputnik. Afgʻon qiz ota-onasini oʻldirgan ikki nafar “Tolibon”* jangarisini otib tashladi.

Hodisa Afgʻonistonning Gor viloyatidagi qishloqda yuz berdi. “Tolibon” jangarlari 14 yoshli Kamar Gul ismli qizning uyiga bostirib kirdi. Jangarilar otasini uydan olib chiqib, oʻldirishdi. Shuningdek, erini himoya qilishga uringan qizning onasi ham jangarilar tomonidan oʻldirildi.

"Uyda boʻlgan Kamar Gul, oilasiga tegishli boʻlgan AK-47 avtomatini olib, avval ota-onasini oʻldirgan ikki nafar jangarini otib tashladi, keyin esa yana bir necha jangarini yarador qildi", - dedi mahalliy politsiya boshligʻi Xabiburahmon Malikzoda.

Viloyat gubernatori vakilining soʻzlariga koʻra, ayni vaqtda afgʻon harbiylari Gul va uning ukasini "xavfsiz joyga" olib ketishdi.

* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkilot

Asosiy mavzular