22:09 24 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
86 0 0

Yangi qonunlarga muvofiq, AQSH va Avstraliyadagi yondashuvlar namunasi asosida rasmiy "chet el agentlari reyestri" tashkil etilishi mumkin, deya taʼkidlaydi nashr. Oʻz faoliyati haqida xabar bermaydiganlar deportatsiya qilinishi yoki qamoqqa olinishi mumkin.

TOSHKENT, 22 iyul - Sputnik. Britaniya bosh vaziri Boris Djonson chet el aralashuviga qarshi kurash uchun maxsus xizmatlarga koʻproq vakolatlar taqdim etishga tayyor, deb xabar qilmoqda Times nashri.

Hukumat mamlakatda "dushmanlar faoliyatiga" toʻsqinlik qiluvchi yangi qonunlarni ishlab chiqishni rejalashtirmoqda. Yangi qonunlarga muvofiq, AQSH va Avstraliyadagi yondashuvlar namunasi asosida rasmiy "chet el agentlari reyestri" tashkil etilishi mumkin, deya taʼkidlaydi nashr. Oʻz faoliyati haqida xabar bermaydiganlar deportatsiya qilinishi yoki qamoqqa olinishi mumkin.

Chet el agentlarini roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi qonun (FARA) AQShda 1938 yildan buyon amal qilib keladi. Ushbu qonun normalariga muvofiq, chet el agenti sifatida roʻyxatga olingan kompaniyalar yoki shaxslar oʻz faoliyati, shu jumladan, moliyaviy holati haqidagi maʼlumotlarni amerika hukumatiga oshkor qilishi lozim.

Seshanba kuni britan parlamentining razvedka boʻyicha qoʻmitasi RFning Britaniya siyosatiga aralashuvi haqida dokladni eʼlon qildi. Rossiya koʻp marotaba turli davlatlardagi demokratik jarayonlarga taʼsir koʻrsatishga urinish boʻyicha ayblovlarni rad etib kelgan. Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov esa bu ayblovlarni "mutlaqo asossiz", deb atagan. RF TIV rahbari Sergey Lavrov, turli davlatlardagi saylovlarda Rossiyaning qoʻli borligi haqidagi taʼkidlar haqida gapirar ekan, buni tasdiqlovchi birorta fakt yoʻqligini maʼlum qilgan.

Asosiy mavzular