23:03 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Dunyoda
Havola olish
20710

Pekin Vashingtonni qarorni zudlik bilan bekor qilishga chaqirdi, aks holda “qatʼiy javob” berilishi bilan ogohlantirdi.

TOSHKENT, 22 iyul - Sputnik. AQSH Xitoydan Texas shtati Xyuston shahridagi bosh konsulligi uch kun ichida yopilishini talab qildi. Bu haqda XXR TIV vakili Van Venbin maʼlum qildi.

Avvalroq bu haqda Xitoyning Global Times nashri bosh muharriri yozgandi va roʻy bergan vaziyatni “telba qadam” deb atagan edi.

Pekin Vashingtonni qarorni zudlik bilan bekor qilishga chaqirdi, aks holda “qatʼiy javob” berilishi bilan ogohlantirdi.

Fox News nashri xabariga koʻra, bir kun oldin Xyustondagi diplomatik vakolatxona binosida hujjatlar yoqib yuborilgan.

AQSH-Xitoy munosabatlari tarangligicha qolmoqda. Tomonlarning oʻzaro iqtisodiy daʼvolari bor. Bundan tashqari, Amerika maʼmuriyati Xitoyni yangi koronavirus bilan bogʻliq vaziyat toʻgʻrisida nohaq maʼlumot berishda ayblamoqda. Oʻz navbatida, Xitoy Vashingtonning mamlakat ichki ishlariga, xususan Pekin va Gonkong oʻrtasidagi munosabatlarga aralashayotganidan norozi.

Asosiy mavzular