15:07 27 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
31710

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogʻan Ayya-Sofiya haqida 9 ta tilda aytilgan qoʻshiq klipini Twitter’ sahifasida joylashtirdi.

TOSHKENT, 22 iyul — Sputnik. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogʻan Twitter’dagi sahifasida Ayya-Sofiya haqida aytilgan qoʻshiq klipi bilan boʻlishdi. Qoʻshiq 9 ta tilda kuylangan.

Videoda turli musulmon davlatlarining ijrochilari ishtirok etishdi, ularning har biri qoʻshiqning bir qismini oʻz ona tillarida kuylashdi: qirgʻiz, bosniya, alban, arab, ozarbayjon, kurd, suaxili, bengal, turk tillaridan foydalanilgan.

Ayya-Sofiya ibodatxonasi Vizantiya imperiyasi davrida 532-537 yillarda qurilgan va 1000 yildan ortiq davr mobaynida nasroniylar uchun bosh ibodatxona boʻlgan. 1453 yilda Konstantinopol (Istanbul) Usmoniylar imperiyasi tomnidan zabt  etilganidan soʻng ibodatxona musulmon masjidiga aylantirilgan. Aylantirish jarayonida uning toʻrt tomonida toʻrtta minora qurilgan va ichidagi noyob freskaya va bezaklari ustiga suvoq surkalgan. Shuningdek uning ichdagi ustunlariga Qurʼon suralari yozilgan ulkan peshtaxtatalar osilgan.

1935 yilda Mustafa Kamal Otaturk rahbarlik davrida masjidga betaraf maqom berilib u muzeyga aylantirilgan.

2020 yil 10 iyul kuni Turkiya Davlat kengashi 1934 yilda Avliyo Sofiya soborini muzeyga aylantirish boʻyicha qabul qilingan qarorni bekor qildi. Ushbu voqeadan koʻp oʻtmay Rajab Erdogʻan Ayya-Sofiyani masjiga aylantirish va u yerda musulmoncha ibodatlar boshlash toʻgʻrisida qarorni imzolagan.

YUNESKO rasmiylari sobor maqomi oʻzgartirilishi haqidagi qarorni "chuqur taassuf" bilan qabul qilganliklarini bildirdilar.

Asosiy mavzular