03:26 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1169)
297 0 0

COVID-19'dan himoyalanish maqsadida foydalaniladigan bir martalik niqoblar atrof-muhitni ifloslantirishi mumkin.

TOSHKENT, 23 iyul — Sputnik. COVID-19'dan himoyalanish maqsadida foydalaniladigan bir martalik niqoblar atrof-muhitga xavf solmoqda. Bu haqda Yaponiyaning Kiodo agentligi turli davlatlardan ekologlar tomonidan yuborilgan maʼlumotlar asosida xabar tayyorladi.

Ekologlarning soʻzlariga koʻra, Yaponiya sohillari boʻylab suvga koʻplab niqoblar tashlanmoqda.

Turkiya va Yevropa mamlakatlarida atrof muhitga tashlanayotgan tibbiy chiqindilarning miqdori sezilarli darajada koʻpaydi. Frantsiyalik ekologlar yaqinda dengizda meduzalarga qaraganda, niqoblar koʻproq boʻlishidan qoʻrqishmoqda.

Niqoblar, lateks qoʻlqoplar va koronavirusdan himoyalanishning boshqa vositalari koʻpayishi dunyo okeanlarini yanada ifloslanishiga olib kelishi mumkin. Agar hozir choralar koʻrilmasa, ekologlar ogohlantirishicha, insoniyat haqiqiy falokatga duch keladi.

Gonkongda joylashgan OceansAsia kompaniyasi taqdim etgan maʼlumotga koʻra, niqoblar nafaqat qirgʻoq boʻylab tashlanmoqda, balki baliq ovlash toʻrlarida boshqa axlatlar bilan birga ushlanmoqda.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1169)

Asosiy mavzular