15:53 23 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
748 0 0

Rossiya bosh vaziri katta intervyu berdi. Unda koronavirusdan davolangani, mamlakatning oltin-valyuta zaxiralari va bolalikdagi orzusi haqida soʻzlab berdi.

TOSHKENT, 27 iyul — Sputnik. Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin “Rossiya 24” telekanaliga intervyu berdi. Unda koronavirusdan davolangani, mamlakatning oltin-valyuta zaxiralari va bolalikdagi orzusi haqida soʻzlab berdi.

Pandemiya cinovi

Mixail Mishustinning soʻzlariga koʻra, unga bosh vazir boʻlishni prezident Vladimir Putin taklif qilgan va davlat rahbari murojaatnomasida belgilangan vazifalarni ijro etishni maqsad qilgan.

“Agar hukumatda ishlamoqchi boʻlsangiz, buning ustiga sizga hukumat raisi lavozimi taklif qilingan boʻlsa, albatta, siz duchor boʻladigan, aytaylik, butun chaqiriqlar toʻplamini tasavvur qilish qiyin. Hukumatda ishlashni menga Rossiya prezidenti Vladimir Vladimirovich Putin taklif etdi, va bu maʼnoda, albatta, u yanvardagi murojaatnomasida aytib oʻtgan asosiy choralarni ijro etish maqsad qilib olingan edi”, - dedi bosh vazir.

U koronavirus pandemiyasi ishga oʻz tuzatishlarini kiritganini taʼkidladi. Murojaatnomadagi choralarni ijro etish, milliy loyihalar, milliy maqsadlarni bajarish zaruriyati “pandemiya singari balo” bilan toʻqnashgan. Mishustinning soʻzlariga koʻra, “oʻrinlarni yaratish, tegishli medotikani ishlab chiqish, mutaxassislarni tayyorlash, shaxsiy himoya vositalarni xarid va ishlab chiqarish bilan zaruriyati bilan bogʻliq qarorlarni har kunlik rejim asosida qabul qilishga toʻgʻri kelgan”.

“Bularning barchasi oddiy boʻlmagan chaqiriq edi, shuning uchun qanchalik uddasidan chiqqanimizga odamlar baho berishadi deb oʻylayman”, - dedi hukumat rahbari.

Mishustin Rossiya mazkur oddiy boʻlmagan davrdan dunyodagi eng yaxshi natijalardan biri bilan bilan oʻtganini taʼkidlash oʻta muhimligiga urgʻu berdi.

Koronavirus: shaxsiy tajriba

Mixail Mishustin COVID-19 dan tuzalib jarayoni oddiy boʻlmaganini maʼlum qildi. Kasallik yuqori harorat bilan kechgan.

“Tuzalish tezligi borasida – men sizga aytamanki, bu oddiy boʻlmagan hodisa. Ha, afsuski, yuqori harorat bor edi, biroq “tez sogʻaydi” degan gapga kelsak, - bu umuman bunday emas, bu oʻziga yarasha oddiy boʻlmagan jarayon edi. Men oʻzimni yaxshi his qilishim bilanoq, men, albatta, darhol ishga qaytdim”, - dedi u.

Rossiya bosh vaziri virus mansab tanlamasligi va juda xavfligini aytdi. Siyosatchining soʻzlariga koʻra, uni qanday yuqtirib olgani hozirgacha maʼlum emas.

“Men qanday qilib koronavirusni yuqtirib olganimni bilmayman, buni mutlaqo samimiy aytyapman”, - dedi Mishustin.

Uning tan olishicha, darddan forigʻ boʻlishida shifokorlarning oʻrni beqiyos.

“Ilohim, dunyodagi shifokorlar bizning rossiyalik shifokorlarimiz ishlagani kabi ishlashsin”, - dedi hukumat rahbari.

Uning taʼkidlashicha, olimlar hozircha koronavirusning ikkinchi toʻlqini uchun asoslarni koʻrishmayapti.

“Umid qilamizki, Rospotrebnadzor va shifokorlar berayotgan tavsiyalarga rioya qilsak, ikkinchi toʻlqin boʻlmaydi”, - dedi Rossiya bosh vaziri.

 U mamlakat boʻylab koronavirus bilan kasallanish kamayotganini qayd etdi. Nafaqat virus tarqalishi, balki uning tarqatish xususiyati ham kamaymoqda.

Bolalikdagi orzu

Mishustin tibbiyot institutiga hujjat topshirishni rejalashtirgani xususida soʻzlab berdi.

“Oyim koʻp yillik stajga ega hamshira. Goʻdakligimdan shifokorlarga hurmat koʻzi bilan qarayman, chunki men hamisha oq xalatlilar yonida boʻlganman – uning (oyisining – tahr.) dugonalari, doʻstlari, tanishlari. Yana shuni aytmoqchimanki, soliq xizmatidagi ishga qadar tibbiyot institutiga hujjat topshirmoqchi boʻlganman”, - dedi u.

Vaqt haqida

Mishustin uning koʻproq, jumladan, sport bilan shugʻullanishga boʻsh vaqti boʻlishiga umid bildirdi.

“Har bir ishning oʻz vaqtu soati bor... Umid qilamanki, koʻproq vaqt boʻladi, biz, albatta, jumladan sport bilan shugʻullanish uchun foydalanamiz”, - dedi Rossiya bosh vaziri.

Uning soʻzlariga koʻra, hukumat aʼzolari, bosh vazir oʻrinbosarlari baʼzan mamlakatdagi vaziyatga qarab 24/7 rejimida ishlashadi.

“Pandemiya hayotimizga oʻz tuzatishlarini kiritdi. Prezident tunu kun ishlaydi, hamisha aloqada”, - dedi siyosatchi.

U hukumat jamoasi bugungi kunda asosiy vazifasini ijro etish – odamlarga xizmat qilish uchun ishlamoqda.

Mamlakat boyligi

Mishustin intervyu davomida Rossiyaning oltin-valyuta zaxiralarini aytib oʻtdi. Uning soʻzlariga koʻra, ular barqaror.

“Bugungi kunda bu taxminan 570 milliard dollardan ziyodroq”, - dedi Rossiya hukumati rahbari.

Shuningdek, u mamlakatda strategik milliy maqsadlar va milliy loyihalarni amalga oshirish uchun yetarlicha mablagʻ mavjud maʼlum qildi.

“Xavotirga oʻrin yoʻq, siz bilganingizdek, prezidentning yaqindagi farmoni bilan 2030 yilgacha belgilangan barcha strategik milliy maqsad va biz shugʻullanayotgan milliy loyihalarni taʼminlash uchun mablagʻlar yetarlicha”, - dedi Rossiya bosh vaziri.

Mishustin barcha qabul qilingan choralar aniq va oʻz natijalarini berganini qayd etdi.

Asosiy mavzular