12:00 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Dunyoda
Havola olish
346 0 0

Maʼlum qilinishicha, erkak aʼzosi hisoblangan terrorchilik guruhi Moskvadagi odam gavjum joylardan birida terakt uyushtirishni rejalashtirilgan.

TOSHKENT, 27 iyul — Sputnik. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Moskvadagi teraktning oldini oldi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Maxsus xizmat maʼlumotlariga koʻra, Moskva viloyatidagi Ximki shahrida joylashgan tashlandiq garajlar yonida shubhali erkak aniqlangan. Qoʻlga olish vaqtida u oʻt ochgan. Natijada erkak yoʻq qilingan. Undan Kalashnikov avtomati va granata topilgan.

Maʼlum qilinishicha, erkak aʼzosi hisoblangan terrorchilik guruhi Moskvadagi odam gavjum joylardan birida terakt uyushtirishni rejalashtirilgan. Oʻldirilgan shaxs Markaziy Osiyo davlatlaridan birining fuqarosi ekanligi maʼlum. U Moskvda ijaradagi uyda yashab kelgan. Uyni tintiv qilish vaqtida uning Suriyadagi jangarilar bilan aloqasi borligi dalili aniqlangan va terakt uyushtirmoqchi boʻlgan.

Hozir uning ehtimoliy sheriklarini aniqlash uchun surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Moskva, Novosibirsk va Krasnoyarskda terrorchilik uyushmaning 22 nafar ishtirokchisi qoʻlga olingani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular