13:09 30 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Dunyoda
Havola olish
877 0 0

Hozirda vaktsina ekspertiza ilmiy markaziga topshirilgan. Agar hammasi yaxshi boʻlsa, Rossiya SSV roʻyxatga olinganini tasdiqlovchi guvohnoma beradi.

TOSHKENT, 29 iyul — Sputnik. Gamaleya markazi yaratgan koronavirusga qarshi vaktsina 10-12 avgust kunlari roʻyxatga olinishi kutilmoqda. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Taʼkidlanishicha, 15-16 avgust kunlari emlashga ruxsat berilishi mumkin.

Hozirda vaktsina ekspertiza ilmiy markaziga topshirilgan. Agar hammasi yaxshi boʻlsa, Rossiya SSV roʻyxatga olinganini tasdiqlovchi guvohnoma beradi. Shundan keyin hujjatlar Roszdravnadzorga yoʻllantiriladi va u yerda vaktsina berilgan guvohnomaga mos kelish yoki kelmasligi aniqlanadi. Soʻngra emlashga ruxsat beruvchi hujjat taqdim etiladi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Rossiyada 17 ta ilmiy muassasalarda koronavirusga qarshi vaktsinaning 26 ta varianti yaratilayotgani xabar qilingan edi.  Bitta vaktsina koʻngillilarda klinik sinovdan oʻtgan, “Vektor” markazi esa oltita turli texnologiya plamformalarida vaktsina ishlab chiqarmoqda.

Mavzu boʻyicha

Oʻzbekiston va Xitoy birgalikda koronavirusga qarshi vaktsina sinovini oʻtkazishi mumkin
Rossiyada COVID-19 ga qarshi vaktsina avgust oʻrtasida paydo boʻlishi mumkin
Rossiya Mudofaa vazirligi koronavirusga qarshi vaktsinaning klinik sinovlarini yakunladi
Rossiyada koronavirusga qarshi dunyodagi birinchi vaktsina sinovlari yakunlandi
Rossiyada COVID-19ga qarshi vaktsina qilinganlarda immunitet paydo boʻldi
Teglar:
vaktsina, koronavirus

Asosiy mavzular