Eron Ukraina Boingi uchun tovon to‘lashga rozi bo‘ldi

© Obshestvo Krasnogo Polumesatsa Islamskoy Respubliki IranUkrainskiy passajirskiy samolet poterpel krushenie v Irane
Ukrainskiy passajirskiy samolet poterpel krushenie v Irane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eron hukumati 2020-yil 11-yanvar kuni harbiylar xatosi tufayli urib tushirilgan Ukraina yo‘lovchi samolyoti uchun tovon to‘lashga rozi bo‘ldi.

TOShKENT, 31-iyul - Sputnik. Tehron “Ukraina xalqaro xavo yo‘llarining” yo‘lovchi samolyotining halokati uchun tovon to‘lashga rozi bo‘ldi, bu haqda RIA Novosti mamlakat tashqi ishlar vazirligi vakili Abbos Musaviy bayonotiga tayanib xabar berdi.

"Eron samolyot uchun kompensatsiya to‘lashga rozi bo‘ldi, ammo bu masalani amalga oshirishga vaqt talab etiladi va texnik va huquqiy nuqtayi nazardan har xil hususiyatlarga ega", - Musaviyning so‘zlaridan IRNA agentligi iqtibos keltiradi.

Tehron va Kiyev o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda, Eron bu hodisa uchun ma’suliyatni o‘z zimmasiga olgan, deb qo‘shimcha qildi TIV vakili.

Musaviy, shuningdek, "yo‘lovchilarning ko‘pchiligi" Eron fuqarolari bo‘lganini eslatdi.

30 iyul kuni Kiyevda Ukraina va Eron delegatsiyasi o‘rtasida tovon to‘lash bo‘yicha muzokaralar boshlandi.

Ukraina Boingining qulashi

Tehron ayeroportidan Kiyevga parvoz qilgan “Ukraina xalqaro havo yo‘llari” kompaniyasining Boing 737-800 samolyoti 8-yanvar kuni erta tongda, parvozidan ko‘p o‘tmay halokatga uchradi. 176 kishi halok bo‘ldi: Eron, Ukraina, Kanada, Buyuk Britaniya, Germaniya, Shvetsiya va Afg‘oniston fuqarolari.

Eron harbiy kuchlari 11-yanvar kuni samolyot inson omili sababli tasodifan urib tushirilganini ma’lum qildi: samolyot harbiy obyekt yaqinidan uchayotgan edi, uni "dushman" qanotli raketasi deb qabul qilishgan.

Eron, AQShning hujumiga shay turgani, mamlakatning havo mudofaasi tizimlari to‘liq jangovar holatga keltirilganligi ta’kidlanmoqda.

Eronning Fuqaro aviatsiyasi tashkiloti hisobotiga ko‘ra, Boing Tor-M1 havo mudofaa tizimidan ikkita “Yer-Xavo” tasnifidagi qisqa masofaga uchuvchi raketalar bilan urib tushurilgan.

Raketa zarbidan so‘ng, smolot turar-joy hududi uzra balandligini tez yo‘qotishni boshladi, shundan so‘ng u istirohat bog‘idagi "to‘siq" bilan to‘qnashib yerga quladi. Keyin layner futbol maydonini kesib o‘tib, butunlay parchalanib yonib ketdi.

Yangiliklar lentasi
0