Afg‘onistonda Pokiston armiyasi aholi punktini o‘qqa tutdi: 9 kishi halok bo‘ldi

© AFP 2023 / RIZWAN TABASSUMSkoraya pomosh v Afganistane, arxivnoe foto
Skoraya pomosh v Afganistane, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Afg‘on mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, Pokiston harbiylari Pokiston-Afg‘oniston chegarasidagi Spin-Boldak uyezdidagi aholi yashaydigan tumanlarni artilleriyadan o‘qqa tutgan.

TOShKENT, 31-iyul - Sputnik. Afg‘onistonning Qandog‘ar provinsiyasida Pokiston harbiylari tomonidan aholi yashaydigan tumanlar o‘qqa tutilishi oqibatida kamida 9 kishi halok bo‘ldi, 50 nafari jarohatlandi.

Prezentatsiya kulinarnogo konkursa na luchshee prigotovlenie uzbekskogo plova - Sputnik O‘zbekiston
"Uch kunlik tinchlik": "Tolibon" Qurbon bayram vaqtida o‘t ochishni to‘xtatishga qaror qildi

Bu haqda Tolo News Afg‘oniston Mudofaa vazirligiga tayangan holda xabar bermoqda, deb yozgan RIA Novosti.

Afg‘on mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, Pokiston harbiylari Pokiston-Afg‘oniston chegarasidagi Spin-Boldak uyezdidagi aholi yashaydigan tumanlarni artilleriyadan o‘qqa tutgan.

Afg‘oniston armiyasi shtab qo‘mondoni general Yosin Ziyo Pokiston qurolli kuchlariga qarshi mos javob aksiyalariga tayyorlanish to‘g‘risida buyruq bergan. Uning buyrug‘iga ko‘ra, Durand chizig‘i - ikki mamlakat o‘rtasidagi 1893-yilda paydo bo‘lgan shartli belgilanmagan chegara bo‘ylab joylashgan qo‘shinlar komplektatsiyasi to‘ldiriladi.

Iyul oyi o‘rtalarida Pokiston armiyasi minometlardan Afg‘oniston sharqidagi Kunar provinsiyasini o‘qqa tutgani haqida xabar berilgan edi. O‘shanda sakkiz kishi bombardimon qurboniga aylangan. Qobul hodisa sabablariga to‘xtalar ekan, pokiston harbiylari Afg‘oniston hududida yangi nazorat-o‘tkazish punktlarini o‘rnatishga harakat qilishganini aytgan edi.

Yangiliklar lentasi
0