Rossiya yana bir davlat fuqarolari uchun kirish cheklovlarini olib tashladi

© Sputnik / Igor Onuchin / Mediabankka o‘tishSamolyot v nebe
Samolyot v nebe - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya 15-avgustdan Shveysariya bilan muntazam parvozlarni tiklashni rejalashtirmoqda. Shu bois mamlakat fuqarolari uchun Rossiyaga kirish cheklovi bekor qilindi.

TOShKENT, 2 avg — Sputnik. Shveysariya fuqarolari  uchun koronavirus sabab kiritilgan Rossiyaga kirish cheklovlari bekor qilinadi. Tegishli farmoyishga Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin imzo chekdi.

Samolet Airbus A320 - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya 11-avgustdan xalqaro avia-qatnovlarni to‘liq tiklash masalasini ko‘rib chiqmoqda

“Shveysariya fuqarolari Rossiyaga havo transporti bilan kelishi mumkin. Ushbu mamlakat bilan 15-avgustdan ikki taraflama asosda parvozlarni qayta tiklash rejalashtirilmoqda”, - deyiladi Rossiya Hukumati matbuot xizmati xabarida.

Avvalroq Rossiya Turkiya, Buyuk Britaniya va Tanzaniya bilan parvozlarni 1-avgustdan qayta tiklashi xabar qilingan edi. Ushbu davlat fuqarolari uchun ham Rossiya kirish uchun o‘rnatilgan cheklov olib tashlangan.

Yangiliklar lentasi
0