13:59 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Dunyoda
Havola olish
247 0 0

UOKiK Rossiyaning “Gazprom”ga “Shimoliy oqim-2” gaz quvuri ishi surishtiruvida hamkorlik qilmagani uchun 57,5 million dollar miqdorida jarima soldi.

TOSHKENT, 3 avg — Sputnik. Polshaning monopoliyaga qarshi kurashni tartibga soluvchisi UOKiK Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasiga “Shimoliy oqim-2” gaz quvuri ishi surishtiruvida hamkorlik qilmagani uchun 213 million zlotiy (57,5 million dollar) miqdorida jarima soldi. 

“Bu UOKiK vakili talabiga binoan maʼlumot taqdim etmaganlik uchun qonunchilikda koʻzda tutilgan maksimal sanktsiya. Bu 50 million yevroga teng”, - deyilgan xabarda.

UOKiK gap direktor Tomash Xrustnaning zarur roziligisiz gaz quvurini qurilishini moliyalashtirayotgan konsortsium ishi haqida surishtiruv oʻtkazilayotgani haqida ketayotganini tushuntirgan. 2018 yilda UOKiK bu ish yuzasidan oltita kompaniyaga aylov eʼlon qilgandi: “Gazprom”, Shveytsariyaning Engie, Niderlandiyaning Uniper, OMV, Shell va Wintershal.

Taʼkidlanishicha, UOKiK raisi ishga taalluqli hamda “Gazprom”ga oid hujjatlarni talab qilgan, ammo kompaniya rad javobini bergan.

Asosiy mavzular