19:10 18 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Dunyoda
Havola olish
1326 0 0

AQSH xukumati fuqarolardan shubhali urugʻlarni ekmasliklarini va agar ular ekilgan boʻlsa ham ularni yoʻq qilishlarini soʻragan.

TOSHKENT, 3 avg - Sputnik. Bir necha kun oldin AQSH fuqarolariga kelgan sirli joʻnatmalari haqida yozgan edik.

Joʻnatmalar Oʻzbekiston, Xitoy, Qozogʻiston va Malayziyadan yetib kelgan, ammo oluvchilarning oʻzlari hech narsaga buyurtma  bermaganliklarini xabar qilishmoqda.

V SSHA jiteli 27 shtatov poluchili podozritelnыe semena iz Uzbekistana i drugix stran

Ammo tarkibida shubhali narsalari bor joʻnatmalar kamida 150 manzilga yuborildi.

Kelib chiqishi nomaʼlum urugʻlar ekspertizadan oʻtkazish uchun AQSH Qishloq hoʻjaligi vazirligiga yuborildi. Avvalroq, idora urugʻlar invaziv boʻlishi mumkinligini,yaʼni mahalliy oʻsimliklarning kasalliklarini keltirib chiqarishi yoki chorva uchun zararli boʻlishi mumkinligini taxmin qildi.

Endilikda ular aniqlandi.

"Biz 14 xil urugʻlarni, shu jumladan xantal, karam, ipomeya va yalpiz, shalfey, rozmarin, lavanda va boshqa urugʻlarni, shuningdek gibiskus va atirgulni aniqladik", - dedi hayvonlar va oʻsimliklar salomatligini nazorat qilish xizmati rahbari oʻrinbosari Usama El-Lissi Business Insider nashriga bergan intervyusida.

Idora, shuningdek, bu, buyurtma bermagan odamlarga posilkalar yuborish orqali tovarlarning reytingini sunʼiy ravishda oshirish maqsadida internet-doʻkonlar sotuvchilarining keng tarqalgan firibgarligi boʻlishi mumkinligini tasdiqladi.

V SSHA jiteli 27 shtatov poluchili podozritelnыe semena iz Uzbekistana i drugix stran

"Ushbu firibgarliklar kamdan kam uchraydigan holat emas. Bu firibgarliklarda onlayn sotuvchilar odamlarga mahsulotni buyurtma bermagan foydalanuvchilarga yuborish uchun pul toʻlaydilar. Shunday qilib, soxta sharhlar va katta hajmdagi joʻnatmalar sotuvchining savdosi va qidiruv tizimidagi mavqeini oshirishi mumkin", - deya qoʻshimcha qildi Usama El-Lissi.

Eslatib oʻtamiz, AQSH hukumati fuqarolardan shubhali urugʻlarni ekmasliklarini va agar ular ekilgan boʻlsa ham ularni yoʻq qilishlarini soʻragan.

Asosiy mavzular