22:56 24 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
38510

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Kiyev bankida bomba portlatish bilan tahdid qilgan shaxsning fuqaroligiga aniqlik kiritmoqda.

TOSHKENT, 3 avg — Sputnik. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi TIV Kiyev markazida bankda bomba portlatish bilan tahdid qilgan shaxsning fuqaroligiga aniqlik kiritmoqda. Bu haqda respublika TIV RIA Novostiga maʼlum qildi.

“Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy kanallar orqali Kiyevda yuz bergan holat yuzasidan maʼlumotni aniqlashtirmoqda. Xususan, binoni portlatish bilan tahdid qilayotgan shaxs Oʻzbekiston fuqarosi ekanligiga aniqlik kiritilmoqda”, - dedi vazirlik xodimi.

“Leonardo” biznes-markazi bankida bomba portlatmoqchi boʻlgan kishi 40 ming griven (1440 dollar) talab qilgan.

Bundan avval, Ukraina Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Anton Gerashenko Kiyev bankida bomba portlatish bilan taxdid qilayotgan fuqaroning shaxsi aniqlaganligini maʼlum qildi. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, terrorchilik amalga oshirish bilan tahdid qilgan shaxs – Oʻzbekiston fuqarosi, 1988 yil 25 martda tugʻilgan Karimov Suhrob Raxmanovich.

 

Asosiy mavzular