Haydovchilar hayron qoldi: Germaniyada uchar taksi sinovdan o‘tdi

© Foto : eVTOLCityAirbus eVTOL vo vremya pervogo avtomaticheskogo poleta
CityAirbus eVTOL vo vremya pervogo avtomaticheskogo poleta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Germaniyada uchar taksi sinovdan o‘tkazildi. Taksi soatiga 120 kilometr tezlikda 100 kilometrgacha bo‘lgan masofada to‘rt yo‘lovchini olib yurishi mumkin.

TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Germaniyada uchar taksi sinovdan o‘tkazildi. Travel and Leisure nashri xabar qildi.

Zakritie mejdunarodnogo aviatsionno-kosmicheskogo salona MAKS-2019 - Sputnik O‘zbekiston
Be-200 amfibiya-samolyotlari – “uchar kemalar” nimalarga qodir?

Yangi taksi soatiga 120 kilometr tezlikda 100 kilometrgacha bo‘lgan masofada to‘rt yo‘lovchini olib yurishi mumkin.

Ularni CityAirbus deb atashadi, ular masofadan boshqariladi va elektr energiyada ishlaydi.

Yaratuvchilar yaqin kelajakda shaharlarda yo‘lovchilarni tashib yurish va tirbandliklar yo‘q bo‘lishiga umid qilmoqda. Har bir transport vositasi to‘rtta parrak bilan jihozlangan. Transportni boshqarish uchun haydovchi kerak emas. Ijtimoiy masofa saqlash sharoitida bu yerda harakatlanadigan taksilariga nisbatan muhim ustunlik hisoblanadi. Shuningdek, ular deyarli shovqinsiz.

Mashinalar sinovdan muvaffaqiyatli o‘tib, 2019-yil dekabr oyida Germaniyada birinchi parvozni amalga oshirdi. Qachon ishga tushirilishi haqida aniq ma’lumot yo‘q.

Yangiliklar lentasi
0